Yevropa va NATO Ukrainadagi urush 10 yilga cho‘zilishiga tayyor bo‘lishi kerak. Bu haqda NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg ma’lum qildi.
Uning fikricha, G‘arb ittifoqchilari uzoq urushga tayyor ekanliklarini qanchalik ishonchli tarzda namoyish qilsalar, urush shunchalik tez yakunlanadi.
Biz uzoq vaqt davomida Kiyevga yordam berishga sodiq ekanligimizni aniq ko‘rsatsak, Ukraina suveren mustaqil davlat sifatida g‘alaba qozonadigan mojaroni hal qilishi uchun sharoit yaratamiz, deydi NATO bosh kotibi.
BBCga bergan intervyusida Stoltenberg NATOning Yevropa davlatlarini Ukrainaga yordamlarni ko‘paytirishga chaqirgan. Yevropaliklar va Kiyev Donald Tramp AQSHda hokimiyatga qaytsa, Ukrainaga beriladigan yordamni qisqartirishi yoki butunlay to‘xtatib qo‘yishi mumkinligidan xavotir bildirgan.
Avvalroq NATO sentyabr oyidan boshlab alyansning Germaniyada joylashgan maxsus bo‘linmasi Ukrainaga yordam ko‘rsatishni muvofiqlashtirishi haqida xabar bergan edi.
Bu yordamning avvalgidan ko‘ra ko‘proq bo‘lishini ta’minlaydi hamda Ukrainani qo‘llab-quvvatlashda sodiqligimizni ko‘rsatadi, deb ishontirgan Stoltenberg.
Shunga qaramay, Germaniya Ukrainaga kelasi yilda harbiy yordamni ikki baravarga – hozirgi 8 milliard yevrodan 4 milliardga qisqartirish niyatida ekanini ma’lum qilgandi.
Izoh (0)