Himoyachi Leni Yoro “Manchester Yunayted” bilan shartnoma imzoladi.
Fabrisio Romanoning ma’lum qilishicha, futbolchi manchesterliklar bilan 2029-yil iyun oyiga qadar mo‘ljallangan shartnoma imzolagan.
Tomonlar barcha muzokaralarni yakunlagan. Hozirda “Yunayted” va “Lill” barcha kerakli hujjatlarni bir-birga uzatmoqda.
18 yoshli futbolchi tez orada tibbiy ko‘rikdan o‘tadi.
Qayd etib o‘tish joiz, fransiyalik futbolchiga Madridning “Real” klubi ham jiddiy qiziqish bildirayotgan edi.
Ma’lumot uchun, Yoro 2005-yilda tavallud topgan. “Lill” klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Professional faoliyatini ham ushbu klubda 2022-yilda boshlagan.
Izoh (0)