• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Erimni o‘ldirib yuborish kerak” — qotillik sabab 18 yilga ozodlikdan mahrum etilgan qotil nadomatlari (video)

    “Nadomat” loyihasining navbatdagi qahramoni Toshkent viloyati Zangiota tumanida tug‘ilgan. U ayni kunda jazo muddatini Ohangaron shahridagi 44-son manzil koloniyasida o‘tamoqda. U suhbat davomida jinoyatidan pushaymon ekanligini aytib o‘tdi.

    Mahkum — 33 yoshda. U Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi bilan aybdor deb topilib, 18 yilga ozodlikdan mahrum etilgan. U tanish ayol bilan til biriktirib, uning turmush o‘rtog‘ini qasddan o‘ldirgan.

    — Ayol kishining makriga uchib eng og‘ir gunohni sodir etdim. Yaʼni uning gapi bilan turmush o‘rtog‘ining qotiliga aylandim.

    2015-yili u ayol bilan internet orqali tanishib qolganman. U turmush o‘rtog‘ining uch yil avval Qozog‘istonga ketgani va anchadan beri u va to‘rt bolasidan xabar olmayotgani haqida aytgandi. “Na telefon qiladi, umuman xabar olmaydi, hatto uning o‘lik yoki tirikligini ham bilmayman”, degandi. Ayol to‘y qilib qarzga kirib qolganini aytib, mendan yordam so‘radi. Mayli, qo‘limdan kelgancha yordam beraman, degandim. O‘sha vaqtda dalaga ekin-tekin ekardim, u yonimda yurib, kirlarimni yuvib, osh-ovqatimni qilib berardi. Shu tarzda kunlar o‘tdi va oradan bir yil o‘tib, farzandlari bilan tanishish uchun uyiga bordim. O‘shanda uning turmush o‘rtog‘i borligini bildim. “Nega meni aldading?” desam, “Dalaga borganda sizga hammasini tushuntiraman”, dedi. “U inson xo‘jako‘rsinga turmush o‘rtog‘im, u bilan aloqalar uzilgan”, dedi. Unga 10 sotix daladagi qulupnayni pishirib berish, ularni sotib qarzlaridan qutulishini aytdim. Faqat ortiq ko‘zimga ko‘rinma, deb taʼyinladim.

    Oradan bir necha kun o‘tganidan keyin yarim kechasi uyga qaytayotganimda qo‘l telefonim jiringladi. “Men Husan akangizman, bo‘shab qo‘ng‘iroq qiling, zarur gapim bor”, dedi. Bilsam u tanish ayolning turmush o‘rtog‘i ekan. “Qabrlarni kelib suvab berolasizmi?” dedi. Yo‘q deyolmay, ertasi kuni To‘ytepaga bordim va u erkak bilan uchrashdim. Orada ayolning ota uyida ham qurilish qildim. Bir yilga yaqin uylariga qatnab, eski uyni buzib, uy soldim.

    Shu orada ayol har doim “erimni o‘ldirib yuborish kerak”, deb ko‘p gapirardi. Bu taklif berilganida uch oy bu ishni qilolmay yurdim. Uyida ishlayotganimda u menga ko‘p gazlangan ichimlik olib kelardi. Shunga u bu narsa qo‘shganmi, deb shubha qilaman.

    Bir kuni ishdan keyin eri bilan o‘tirib spirtli ichimlik ichdik. Keyin bir payt erkak o‘rnidan turib, o‘tin kesadigan motorli arrasini yoqib yelkamning yoniga olib keldi. “Husan aka, unday qilmang, oqibati yaxshi bo‘lmaydi”, dedim. Birozdan so‘ng u qo‘lidagini tushirib, ketdi. Uning qilgan ishini ayoli bilan qizi ko‘rib o‘tirgandi. Erkak xonasiga kirib ketganidan keyin ayoli yonimga kelib “Agar buni o‘ldirmasangiz, sizni o‘ldiradi”, deb gapiraverdi. Spirtli ichimlik taʼsirida bo‘lganim uchunmi, bu gaplarni og‘ir qabul qildim. Oradan ancha vaqt o‘tganidan keyin uni ishiga chaqirishdi. U Nurafshondagi “Suvsoz”da ishlardi. Ishga ketishi bilan ayol yana bir litr aroq olib keldi. Hammasini menga ichirdi, moyilligim bo‘lgani uchun rad etmadim. Ketidan gazlangan ichimlik berdi va piyolaning tagida oq narsa borligini ko‘rdim. U-bu narsa tushib qolgandir, deb o‘yladim. Erkak uyiga qaytganidan keyin arra bilan tahdid qilgani esimga tushib, orqa miyasiga kuvalda bilan urib, o‘limiga sabab bo‘ldim. Agar sarhush bo‘lmaganimda, hech qachon bunday qilmagan bo‘lardim.

    Qonga belangan erkakni ko‘rib, sarhushligim ham tarqadi. Nima qilib qo‘yganimni eslab, afsuslandim, ammo endi kech edi. To‘qqiz oy na yeganimni, na ichganimni bildim.

    Men hali oila qurmagandim, ayol mendan 16 yosh katta edi. U bilan nega tanishganimni eslasam, qilgan ishlarimdan uyalib ketaman. Qotillikka ayolning 1997-yilda tug‘ilgan qizi ham guvoh bo‘lgandi. “Qiz bola qamalmasin deb, unga o‘ldirish bilan tahdid qilganimni”, aytib guvohlik berdim. Ayol esa 13 yilga ozodlikdan mahrum etildi.

    Nega bunday qildim, deb ko‘p o‘ylayman. 18 yilga ozodlikdan mahrum bo‘lish juda og‘ir, uni hech bir so‘z bilan taʼriflab berolmayman. Hammasiga ichkilik sabab, har qanday sarhush qiladigan narsa borki, erkak kishini sindiradi. U insonni jinoyat ko‘chasiga olib kiradi. Qilgan ishimdan pushaymonman, ammo endi afsuslarimdan hech qanday foyda yo‘q, deydi mahkum.

    Videoni to‘liq holda quyida tomosha qilishingiz mumkin.

    18.07.2024, 19:55   Izoh (0)   12922
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Ota-onamni haqorat qilganiga chidolmadim” — ayolining o‘limiga sabab bo‘lgan mahkum nadomatlari (video) 

    11.07.2024, 19:58

    Giyohvandlik sabab qamalgan er-xotinlar qismati

    15.07.2024, 12:50

    “Erim qizimni tan olmadi” — 27 yoshli ayolni o‘z farzandini pullashga nima majbur qildi?

    16.07.2024, 12:35

    Saida Mirziyoyeva Isroilning O‘zbekistondagi elchisi bilan uchrashdi 

    18.07.2024, 19:32

    “Xitoy—Qirg‘iziston—O‘zbekiston temiryo‘lini qurish bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolangani tarixiy voqea bo‘ldi” — Shavkat Mirziyoyev

    18.07.2024, 19:08

    Eng past va yuqori narxlar: O‘zbekistondagi universitetlarda to‘lov-kontrakt miqdorlari qancha?

    18.07.2024, 18:52
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Andijonda 811 ta holatda jamoat joylarida tig‘li buyumlar olib yurgan fuqarolar aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 00:05

    Buxoroda ikki yilda bir marta xalqaro sanʼat biyennalesi o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:50

    “Ishlamasa, ana katta ko‘cha” — Erkinjon Turdimov Sirdaryoda boqimandalar ko‘payib ketganini aytdi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:41

    Ruminiya ittifoqchilarga harbiy bazalarini ochishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 22 avgust, 23:35

    Venesuela AQSH bilan urushga tayyorlanyapti

    Dunyo | 22 avgust, 23:25

    O‘zbekiston real ish haqi oshishi bo‘yicha qo‘shni davlatlardan ortda qolmoqda — hisobot

    Iqtisodiyot | 22 avgust, 23:15

    Xitoyda o‘tkaziladigan SHHT sammitiga 20 dan ortiq davlat rahbarlari tashrif buyuradi

    Dunyo | 22 avgust, 23:05

    AQSH Federal qidiruv byurosi agentlari Trampning sobiq maslahatchisi Jon Boltonning uyida tintuv o‘tkazgan

    Dunyo | 22 avgust, 22:55

    Koinotda Quyosh tizimining sirlarini saqlayotgan vaqt kapsulasi topildi

    Dunyo | 22 avgust, 22:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.