Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 18-iyulda amalda bo‘ladigan qiymatini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, dollar 1,91 so‘mga ko‘tarilib, 12 587,94 so‘m bo‘ldi. Yevro 59,98 so‘mga oshib, 13 776,24 so‘m bo‘ldi. Rubl 0,80 so‘mga pastlab, 143,19 so‘mni tashkil etdi.
Bundan avval dollar kursi yetti kunlik ko‘tarilishdan so‘ng ketma-ket uch kun pastlab, 12 586,03 so‘m bo‘lgandi. Yevro va rubl kursi ham tushgandi.
Izoh (0)