Kilian Mbappening burni hozircha operatsiya qilinmaydi.
Fransiyalik hujumchi 16-iyul kuni “Real” tibbiy ko‘rigidan o‘tdi. Burunning holatini tekshirgan shifokorlar jarrohlik amaliyotini keyinroqqa qoldirishga qaror qildi.
Mbappe 7-avgust kuni klub bazasiga qaytadi va jamoadoshlari bilan mashg‘ulotlarda ishtirok etadi. Klub uning jarrohlik amaliyotini kechiktirdi va ta’tildan qaytganidan keyingi tahlil natijalariga qaraydi.
Kilianning debyuti Varshavada UEFA Superkubogi doirasida “Atalanta”ga qarshi o‘yinda bo‘lishi rejalashtirilmoqda. Uchrashuv 14-avgust kuni bo‘lib o‘tadi.
Mbappe Yevro—2024 turnirining birinchi o‘yini Avstriyaga qarshi bahsda burnini sindirib olgan edi. Shundan so‘ng hujumchi turnir davomida himoya niqobida maydonga tushdi. Yarim finaldan o‘rin olgan Ispaniyaga qarshi bahsda (1:2 ) niqobsiz o‘ynadi.
Izoh (0)