Bangladeshda 15-iyul kuni yuz bergan ommaviy namoyishlarda 100 dan ortiq fuqaro jarohatlandi. Bu haqda Al Jazeera nashri xabar berdi.
Manbada aytilishicha, hukumatning yangi qonuni mamlakatning mustaqillik urushida qatnashgan harbiylar va ularning farzandlari, shuningdek, hukumat aʼzolari farzandlariga ish topishda imtiyoz va muhim davlat mansablariga kirishda preferensiyalar beradi.
Namoyishchilar kvotalar tizimi hukumatparast guruhlar farzandlariga foyda keltirishini aytgan. Bunday adolatsiz tizimni bekor qilish so‘ralgan.
Tanqidchilarning aytishicha, yangi tizim bosh vazir Shayx Hasina hukumatini kuchaytirishga xizmat qiladi. Uning amaldorlari hukumat atrofida yanada jipslashishiga olib keladi.
Bangladesh oliy sudi o‘tgan haftada mehnat kvotasi to‘g‘risidagi yangi qonunni vaqtincha to‘xtatgan edi. Biroq namoyishchilar o‘zlari qarshi bo‘lgan sxemaning qismlari butunlay bekor qilinmaguncha mitinglarini davom ettirishga vaʼda bergan.
Politsiya va guvohlarning aytishicha, kvotaga qarshi yuzlab namoyishchilar va hukmron Avami Ligasi partiyasini qo‘llab-quvvatlagan talabalar dushanba kuni Dakka universiteti kampusida to‘qnashgan. Namoyishchilar tosh va tayoqlar bilan bir-birlariga shikast yetkazgan.
Tashqi ishlar vaziri Hasan Mahmudning aytishicha, ayrim siyosiy guruhlar kvotaga qarshi harakatlardan mamlakatda tartibsizliklar uyushtirish uchun foydalanmoqda. Rasmiylar talabalarni hissiyotlarga erk bermaslikka, hukumatga qarshi harakat sodir etmaslikka chaqirgan.
Izoh (0)