Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 16-iyulda amalda bo‘ladigan qiymatini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, dollar 27,65 so‘mga pastlab, 12 607,62 so‘m bo‘ldi. Yevro 5,21 so‘mga oshib, 13 758,70 so‘m bo‘ldi. Rubl 0,07 so‘mga tushib, 144,40 so‘mni tashkil etdi.
Bundan avval dollar kursi yetti kunlik ko‘tarilishdan so‘ng pastlab, 12 635,27 so‘m bo‘lgandi. Yevro va rubl kursi tushgandi.
Izoh (0)