Buxoroda ayol uyida ikki voyaga yetmagan qizini shafqatsizlarcha kaltaklagani haqida xabar berilgan edi. Bolalar ombudsmani holat bo‘yicha maʼlumot berdi.
Xabarga ko‘ra, Bolalar ombudsmani mazkur holatni o‘rganmoqda.
Aniqlanishicha, holat 9-iyul kuni Buxoro viloyati Jondor tumanida yashovchi ayol I.M. tomonidan sodir etilgan. Uning turmush o‘rtog‘i N.B. bir necha yildan buyon xorijda ishlab kelayotgan bo‘lib, eri oilasidan xabar olmayotgani, yetarlicha pul jo‘natmayotganidan jahli chiqib, ayol qizlari O‘.S. (2020-yilda tug‘ilgan) va O‘.S. (2021-yilda tug‘ilgan) larni urib, kaltaklab, videotasvirga olgan va eriga jo‘natgan.
“Taʼkidlash zarurki, so‘nggi paytda ota-onalar tomonidan o‘zaro nizoda farzandidan manipulyatsiya quroli sifatida foydalanib, bolaga jismoniy va ruhiy zarar yetkazish hollari ko‘p kuzatilmoqda. Ota-onalik maqomi bolaga zo‘ravonlik qilish huquqini bermaydi. Bolaga nisbatan bunday harakatga yo‘l qo‘ygan shaxslar kim bo‘lishidan qatʼiy nazar qonunan javob berishi shart”, – deyiladi xabarda.
Izoh (0)