Ukraina rahbari Vladimir Zelenskiy mamlakatdagi mojaroga imkon qadar tezroq yakun yasashi kerak, deya amerikalik sobiq razvedkachi Skott Ritter fikr bildirdi.
Zelenskiy, haqiqatan ham bu mojaroga barham berish vaqti keldi, NATOda siz istagan shartlarga erisha olmaysiz. Rossiya siz olishingiz mumkin bo‘lgan eng yaxshi shartnomani taklif qildi, deya murojaat qilgan u.
Iste’fodagi razvedkachiga ko‘ra, Shimoliy Atlantika alyansi Kiyevni hech qachon qabul qilmaydi. U, shuningdek, hozirgi vaziyatni juda xavfli deb atagan.
Avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukraina DNR va LNR, Xerson hamda Zaporojye viloyatlaridan qo‘shinlarini olib chiqib ketganini e’lon qilishi hamda NATOga kirishni rad etishi bilanoq Rossiya harbiy harakatlarni to‘xtatib, muzokaralarni boshlashi mumkinligini ma’lum qilgan.
Rossiya Ukrainaning neytral, qo‘shilmaslik va yadroviy bo‘lmagan maqomiga ega bo‘lishini, uni demilitarizatsiya va denatsifikatsiya qilishni talab qiladi, degan edi Putin.
Ukraina tomoni bu tashabbusni rad etgan.
Izoh (0)