Samarqand viloyatida 12-iyul kuni harakatlanib ketayotgan Matiz yonib ketdi. Bu haqda viloyat FVB xabar berdi.
Unga ko‘ra, holat 12-iyul kuni soat 16:28 da Samarqand tumani “Yangi ariq” MFY hududi sodir bo‘lgan. Fuqaro J.O. boshqaruvida bo‘lgan Matizʼda hamda yo‘l yoqasidagi I.A.S. fermer xo‘jaligiga qarashli somon qoldiqlar mavjud maydonda yong‘in sodir bo‘lgani haqida viloyat FVB ga xabar berilgan.
Voqea joyiga 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 16:37 da yetib borib, yong‘in soat 17:18 da o‘chirilgan. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.
Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshirish ishlari olib borilmoqda.
Izoh (0)