• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo Markaziy Osiyo

    Markaziy Osiyoda fuqaro aviatsiyasidagi islohotlar: arzon aviakompaniyalar misolida

    Osiyo taraqqiyot banki (OTB) tahlilchilari Markaziy Osiyo mintaqaviy iqtisodiy hamkorligi doirasida fuqaro aviatsiyasi, xususan, arzon aviakompaniyalar (loukoster) holati to‘g‘risidagi hisobotni e’lon qildi. Hisobotning alohida bo‘limlari Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekistondagi vaziyatga bag‘ishlangan.

    Foto: Wikipedia

    Qozog‘iston va FlyArystan kompaniyasi

    Qozog‘istondagi havo transporti bozori va arzon narxlardagi FlyArystan aviakompaniyasi 2019–2022-yillar davomida ta’sirchan iqtisodiy ko‘rsatkichlarni namoyish etgan. 2021-yili karantin choralari sezilarli darajada yumshatilganda, Qozog‘iston havo transporti bozori dunyodagi eng tez o‘sayotgan bozorga aylangan. 2019-yildan 2021-yilgacha yo‘lovchi tashish hajmi 30 foizga oshgan.

    Agar kompaniya faoliyatining birinchi yili — 2019-yilda 700 mingga yaqin yo‘lovchi arzon aviakompaniya xizmatlaridan foydalangan bo‘lsa, 2022-yilda bu ko‘rsatkich 3,26 million nafar yo‘lovchiga yetgan.

    FlyArystan rivojlanishidagi yana bir muhim tendensiya uning xalqaro bozorlarga chiqishi hisoblangan. Aviakompaniya 2026-yilda o‘z parkini 26 ta samolyotgacha kengaytirishni rejalashtirmoqda.

    Fuqaro aviatsiyasi tizimining kamchiliklari qatorida OTB tahlilchilari “ochiq osmon” siyosatining nomutanosibligini (proteksionizm) va infratuzilmani modernizatsiya qilish zarurligini sanab o‘tgan. Qozog‘istonda xorijiy aviakompaniyalar faoliyati sezilarli darajada cheklangan va ular faqat davlatlararo shartnomalar imzolangan taqdirdagina o‘z huquqlarini kengaytirishga erishishi mumkin.

    Qirg‘iziston va Air Manas

    Foto: Wikipedia

    Qirg‘iziston aeroportlari ko‘plab xalqaro aviakompaniyalar, jumladan, arzon aviakompaniyalar uchun ochiq. Taxminan o‘n yildan buyon Qirg‘iziston ichki havo transport bozorida loukoster aviakompaniyalar faoliyat yuritib kelmoqda. 2019-yildan 2022-yilgacha Qirg‘izistonda yo‘lovchi tashish hajmi 600 ming yo‘lovchidan 800 ming nafarga yetgan.

    “Qirg‘iziston fuqaro aviatsiyasining asosiy muammosi infratuzilmaning yomonlashuvi bo‘lib qolmoqda. Aksariyat aeroportlar modernizatsiya qilinishi kerak. Respublikaning ikkita asosiy aeroportini – Bishkek va O‘sh aeroportlarini modernizatsiya qilish zarur”, deya ta’kidlagan OTB tahlilchilari.

    O‘zbekiston va Uzbekistan Express

    Foto: mintrans.uz

    O‘zbekistondagi havo transporti bozori ham dunyodagi eng jadal rivojlanayotgan bozorlardan biridir. 2017—2019-yillarda respublikada yo‘lovchi tashish 50 foizga oshgan.

    “O‘zbekiston havo yo‘llari” davlat aviatashuvchisiga qarashli Uzbekistan Express sho‘ba kompaniyasi birinchi mahalliy loukoster hisoblanadi. Arzon aviakompaniyaning asosiy yo‘nalishi — Rossiya. Uzbekistan Express O‘zbekistonning to‘qqizta shahrini Moskva va Rossiyaning boshqa shaharlari bilan havo yo‘llari orqali bog‘laydi.

    “Kompaniyaning yo‘lovchi tashish hajmining qariyb 50 foizi Rossiya yo‘nalishi orqali ta’minlanadi”, deyiladi xabarda.

    O‘zbekistonda infratuzilmani boshqarish sohasida davlat-xususiy sheriklik (DXSH) amaliyoti hozirda faol kengaymoqda. Samarqand aeroporti davlat va xususiy investorlarga qarashli kompaniya – Air Marakanda tomonidan boshqariladigan birinchi obyektdir. 

    Hisobot mualliflari respublikaning yirik aeroportlarini modernizatsiya qilish bo‘yicha keng ko‘lamli davlat dasturini alohida qayd etgan. Tahlilchilar, shuningdek, sayyohlarni jalb qilish uchun viza islohotini davom ettirishni ham tavsiya qilgan.

    “Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston fuqaro aviatsiyasi, jumladan, arzon aviatashuvchilar tufayli pandemiya bilan bog‘liq inqirozni muvaffaqiyatli yengib o‘tdi”, deya xulosa qilgan xabar mualliflari.
    10.07.2024, 19:26   Izoh (0)   4489
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Vyetnamning loukoster aviakompaniyasi O‘zbekistonga parvozlarni rejalashtirmoqda

    18.10.2022, 19:19

    O‘zbekistonda loukoster formatidagi aviakompaniya ish boshladi

    20.01.2023, 21:18

    Dunyodagi eng xavfsiz aviakompaniyalar reytingi e’lon qilindi

    05.01.2024, 12:05

    AQSH Zelenskiyning NATO sammiti natijalariga munosabatidan xavotirda — WP 

    10.07.2024, 17:53

    Isroil aviatsiyasi “Hizbulloh”ning havo-mudofaa inshootlariga zarba berdi 

    10.07.2024, 16:55

    Janubiy Koreyada robot “o‘z joniga qasd qildi” (video) 

    10.07.2024, 16:29
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02

    “Stalinning barmog‘i” — Zangezur yo‘lagi Ozarbayjon uchun qanchalik muhim?

    14 avgust, 14:19

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Alyaskadagi sammit: Putin va Tramp muzokaralari yakunlandi. Ular ikki soatdan ortiq davom etdi

    Dunyo | 16 avgust, 09:59

    APL. “Liverpul” 1-turda “Bornmut” darvozasiga to‘rtta gol urdi (video)

    Sport | 16 avgust, 09:37

    Jazo muddatidagi shaxs katta miqdorda soxta dollarlarni sotayotgan vaqtida qo‘lga tushdi

    Sirdaryo | 16 avgust, 09:17

    Enzo, Niki, Dino va boshqalar: insonlar sharafiga nomlangan avtomobil modellari

    Shou-biznes | 16 avgust, 09:10

    Magnit bo‘ronlarining Yerga ta’siri kuchayib bormoqda - tadqiqot

    Dunyo | 16 avgust, 08:55

    Tramp tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti uchun ommaviy targ‘ibotni kuchaytirdi - NBC

    Dunyo | 16 avgust, 08:42
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.