Farg‘ona viloyatida elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan omborxona aniqlandi, deb xabar beradi Bosh prokuratura huzuridagi departament.
Qayd etilishicha, departamentning Farg‘ona viloyat boshqarmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan. Tekshiruvda “G.Fh.” MCHJ filiali menejeri J.U. va boshqalar Farg‘ona tumanidagi dori vositalarini saqlash omborxonasidagi qurilmalarini tijorat maqsadda elektron hisob dasturiga kiritilmagan hisoblagich orqali o‘zboshimchalik bilan ulab, 839,2 million so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Avvalroq O‘zbekistonda 2024-yilning birinchi yarmida 550 milliard so‘mdan ortiq elektr energiyasi va tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlangani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Izoh (0)