• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12589.35
    • RUB157.64
    • EUR14656.52
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Hokim kolxoz rahbari emas” — Shavkat Umurzoqov do‘konda o‘tkazgan “reyd” muhokamalarga sabab bo‘ldi

    Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzoqovning do‘konlardan birida o‘tkazgan “reyd”i aks etgan video tarqaldi. Videotasvirda hokim yashikdagi mevalar ayniganini aytib, tadbirkor va atrofidagi ishchi guruh vakillariga tanbeh bergan. Bu holat jamoatchilik muhokamalariga sabab bo‘ldi.

    Toshkent shahar hokimligi xabariga ko‘ra, joriy yilning 3-iyul kuni Shavkat Umurzoqov boshchiligidagi ishchi guruh Yunusobod tumani “Sobirobod” mahallasidagi muammolarni o‘rgangan. Jarayonda noqonuniy qurilmalar, chiqindi tashlash bilan bog‘liq masalalar, savdo obyektlarida sanitariya qoidalariga amal qilmaslik holatlari aniqlangan.

    “Bundan tashqari, do‘konlarda aynigan sabzavot va mevalar sotilmoqda, bu ham qatʼiy nazoratni talab qiladi”, deyiladi hokimlik xabarida.

    Videoda hokim oziq-ovqat do‘konlaridan birida o‘riklar solingan yashikni qo‘liga olib, mahsulot isteʼmolga yaroqsiz ekanini aytgan.

    “Bular aholiga nima sotyapti? Qani SES, qani Soliq? Bu yoqqa kel. Qayoqqa qarayapsan? Odamlar buni yeb, ertaga zaharlansinmi? Olmalarni tagiga suvlari chiqib ketgan. Ko‘r, mog‘orlab yotibdi. Do‘konda yong‘in xavfsizligi taʼminlanganmi? Qani MCHS? Nimaga senlar yurmaysanlar? Uxlab yotibsanlar? Bu yerni do‘kon emas, “sklad” qilib tashlashgan”, degan hokim.
    Skrinshot: Videodan kadr

    Video yuzasidan fikr bildirarkan, jurnalist Anora Sodiqova hokim kolxoz rahbari emasligini, tadbirkor bilan qo‘pol muomala qilish unga yarashmasligini aytib o‘tgan.

    “O‘zbekiston poytaxti bo‘lgan Toshkent hokimining muomalasini qarang: Byahke, nima bu? Qaqqa qaravossan? Umuman, hokimning MCHJ egasiga yoki sotuvchiga shunday muomala qilishga, mahsulotini olib qo‘pollik bilan uloqtirishga haq-huquqi bormi? Aslida, biz hokimga Toshkentga qarayapsanmi o‘zi, deb o‘dag‘aylashga haqlimiz. U biz uchun xizmat qilishi kerak. Shuning uchun ham soliqlar to‘layapmiz”, deb yozgan jurnalist.

    Bloger Nurbek Alimov Telegram’dagi kanalida hokim “reyd”i bo‘yicha o‘z mulohazalarini yozib qoldirdi.

    “Toshkent shahar xokimi aktivistlik qilmoqda. Shu hokimimiz elektrosetlarga borib reyd qilsa, svet o‘chganda “avariya bo‘ldi”, deb boshqa umuman maʼlumot bermaydigan TETKlarga borib “qayerda rostan ham avariya bo‘ldi, qayerda shunchaki tejashyapti”, deb reyd qilib yursa bo‘lardi. Nu albatta chirigan o‘rik reydi ham muhim, lekin odamlarning, xalqning ham chirigan o‘rikni olish yoki olmaslikka yetadigan o‘z kallasi bor. Avtobuslarga chiqib olib, jamoat transportidagi muammolarni o‘rgansin. Yo‘llarda piyodalarga qanday sharoit borligini bilish uchun piyodaga aylanib olib reyd qilsin. Jahl bilan yashikchani irg‘itib, nima bu deyish esa shaxsan menga zabavno tuyuldi”, deya qayd etgan bloger.

    Video to‘g‘risida fikr bildirarkan, bloger Umid G‘ofurov shaharda boshqa muammolar ham borligini esladi.

    “Toshkent shahar hokimi shaxsan do‘konma-do‘kon yurib chirigan meva bor–yo‘qligini tekshiryapti ekan. Shahar hokimini rejalarida: asfalt qilinmagan yo‘llar va beton qilinib dabdalasi chiqqan trotuarlar, yo‘l o‘tkazgichlarida ishlamaydigan liftlar, o‘rnatilmagan chiqindi chelaklar, ishlamaydigan drenaj tizimi va yana +100500 ta o‘z zimmalaridagi muammolarni tekshirish bormikan? Bizda tizim umuman ishlamasligini yaqqol misoli bu. Istagan joyga borib 1000 ta qoidabuzarlik topish mumkin. Kerak bo‘lsa, o‘sha davlat idoralarida ham. “Yong‘in xavfsizligi qayerga qarayapti” degan hokim hayot uchun xavfli bo‘lgan davlat idoralari binolariga kirmaganligi aniq. Poliklinikalardan tortib, mahalla yig‘inlarigacha. Kirishga qo‘rqadi odam”, deb yozdi u.

    Ekologiya vaziri maslahatchisi Rasul Kusherbayev Telegram kanaliga mazkur videoni joylab: “Toshkent shahar hokimi do‘konda. Tadbirkor sindiyov”, deya post qoldirgan.

    Jurnalist Muhrim Aʼzamxo‘jayev “Yunusobodda shu chirigan o‘rik va olmadan ham boshqa, kattaroq muammolar bor edi lekin”, deya fikr bildirgan. Umuman olganda, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarga joylangan video ostida minglab izohlar qoldirilmoqda.

    Maʼlumot uchun, 2023-yil 23-mart kuni “O‘zavtosanoat” raisi lavozimida ishlab kelgan Shavkat Umurzoqov Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. 2024-yil 3-apreldan rasman poytaxt hokimi lavozimiga tasdiqlandi. Shu bilan birga, Umurzoqov joriy yil 2-iyuldan Yunusobod tumani “Turkiston-53” saylov okrugida bo‘shab qolgan deputatlik o‘rniga O‘zLiDePdan deputat etib ham saylangan.

    08.07.2024, 16:41   Izoh (0)   47067
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Toshkentda 500 gektardan ortiq hudud renovatsiyaga tushgan” — Shavkat Umurzoqov

    28.02.2024, 12:18

    Shavkat Umurzoqov Toshkent shahar hokimi lavozimiga tasdiqlandi

    03.04.2024, 12:11

    O‘zbekistonda hokimlar har oy kamida bir marta yoshlar bilan uchrashib, muammolariga yechim beradi 

    28.06.2024, 17:13

    O‘zbekistonda deflyatsiya: qaysi mahsulotlar narxlari sezilarli arzonlashdi?

    04.07.2024, 12:36

    “Yo‘llarda bolalar o‘limi uchun siyosiy javobgarlik bo‘lishi kerak” — jamoat faollari ayanchli YTHlar haqida

    05.07.2024, 20:20

    O‘zbekistonda hokimlar bir vaqtning o‘zida xalq deputatlari kengashi raisi bo‘lishi taqiqlanadi

    09.07.2024, 13:48
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistondagi ikkita dor yo‘li faoliyatiga qat’iy taqiq qo‘yildi

    O‘zbekiston | 12 avgust, 12:23

    “Barbi” rejissyori “Narniya yilnomalari”ning yangi qismini suratga oladi

    Kino | 12 avgust, 12:17

    AQSH va Xitoy savdo muzokaralari 90 kunga kechiktirildi

    Dunyo | 12 avgust, 12:03

    OpenAI GPT-5 taqdimotining muvaffaqiyatsizligidan so‘ng GPT-4o ni qaytardi

    Layfstayl | 12 avgust, 11:50

    “PSJ” Bredli Barkolyani “Liverpul”ga sotmaydi

    Sport | 12 avgust, 11:45

    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi

    Reklama | 12 avgust, 10:30

    O‘zbekistonda qimor o‘yinlarini reklama qilgan yana ikki nafar vayner sudga berildi

    O‘zbekiston | 12 avgust, 11:20

    Hindiston poytaxti daydi itlardan tozalanadi

    Dunyo | 12 avgust, 10:59
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.