• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Layfstayl Shou-biznes

    Tom Kruz — 62 yoshda: amerikalik aktyorning omadsiz tugagan uchta nikohi va rossiyalik ayol bilan shov-shuvli munosabatlari haqida

    Ko‘plab blokbaster va dramalardagi rollari tufayli mashhur bo‘lgan amerikalik aktyor va prodyuser Tom Kruz 3-iyul kuni 62 yoshga to‘ldi. Kruz kasbiga sodiqligi bilan tanilgan — u xavfli tryuklarni dublyorlarsiz o‘zi bajaradi. O‘zining uzoq faoliyati davomida u “Oskar”ga nomzod va “Oltin globus” g‘olibi sifatida yana ko‘plab mukofotlarga sazovor bo‘ldi. 

    Bolaligi, yoshligi, asosiy rollari

    Tom Kruz Nyu Yorkning Sirakyus shahrida muhandis va o‘qituvchi oilasida tug‘ilgan. U aktyorlikka ilk qadamlarini 10 yoshida maktab teatr klubida qo‘ygan. Bolaligida tishlari qiyshiq, o‘ziga ishonmaydigan yigit bo‘lib, turli multfilm va kino qahramonlariga qiziqar, ularning ovoziga mohirona taqlid qilib, onasi va opa-singillarini kuldirardi.

    O‘rta maktab o‘quvchisi sifatida u Ohayo shtatining Sinsinnati shahridagi fransiskan seminariyasida o‘qishga boradi, ammo uni tugatolmaydi. 18 yoshida u Nyu Yorkda ofitsiant bo‘lib ishlaydi, kechki payt aktyorlik darslariga qatnaydi. Biroz vaqt o‘tgach, Kruz Los-Anjelesga ko‘chib o‘tadi, shu yerda uning ajoyib karyerasi boshlanadi. Yosh aktyorning birinchi muhim kino loyihasi harbiy maktab kursantlari haqidagi “Kursantlar” dramasi edi. Keyin rejissyor Frensis Ford Koppola tomonidan o‘smirlardan iborat ikki to‘daning kurashi haqidagi “Chetlashtirilganlar” filmida suratga tushadi.

    Aktyor karyerasining cho‘qqisi — “Vampir bilan intervyu”, “Uddalab bo‘lmas topshiriq” va “Top Gan” jangovar filmlari, “Magnoliya”, “Vanilrang osmon”, “So‘nggi samuray” dramalari va boshqa ko‘plab filmlar hisoblanadi.

    Kruzning eng mashhur janjallari

    Tom Kruz ishtirok etgan janjallardan biri pandemiya davrida “Uddalab bo‘lmas topshiriq” filmining yettinchi qismini suratga olish paytida sodir bo‘ladi. Aktyor suratga olish maydonida xavfsizlik choralariga rioya etishni qat’iy talab qiladi va muloqot paytida niqob taqmagan suratga olish guruhi a’zolariga noroziligini bildiradi. Kruz ikki xodimga qattiq gapiradi va boshqalarni qoidalarga rioya qilmaslik ishdan bo‘shatishga olib kelishi mumkinligi haqida ogohlantiradi.

    Tom Kruz o‘zining sayentologiya (diniy ta’limot bo‘lib, unga ko‘ra odamlar inson qobig‘iga qamalgan va o‘zlarining kelib chiqishini unutgan o‘lim bilmas o‘zga sayyoralik mavjudotlardir)ga aloqadorligini ochiq tan oladi.

    Tom Kruz 1987-yilda Mimi Rojersga uylanadi, biroq ularning nikohi uch yildan so‘ng — Mimi 33 yoshga to‘lganida tugaydi. Keyinchalik uchrashib yurgan, ammo o‘sha paytda 33 yoshda bo‘lgan Nikol Kidman bilan ajrashadi. Keti Holms bilan ham xuddi shunday holat yuz beradi — uning nikohi ham u 33 yoshida tugaydi. Qizig‘i shundaki, sobiq rafiqalarining har biri avvalgisidan 11 yoshga kichik edi. Bu tasodiflar turli xil nazariyalarni keltirib chiqardi: ba’zilar 33 yosh masonlarning eng yuqori darajasi bilan bog‘liq bo‘lgan alohida ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi. Ammo boshqalar buni Kruz bajaradigan ma’lum bir marosimning bir qismi deb hisoblaydi.

    Kruzning nikohlari va ajralishlari

    Kruzning birinchi xotini aktrisa Mimi Rojers bo‘lib, aktyorni aynan u sayentologiya bilan tanishtirgan. Mimi bilan ajrashgach, Kruz 1990-yilda 23 yoshli Nikol Kidmanga uylanadi. Er-xotin Izabella Jeynni va Konnor Entoni ismli bolalarni asrab oladi. 2001-yilda Kruz xotiniga ajrashmoqchi ekanini aytadi. Shundan so‘ng u uch yil davomida boshqa aktrisa Penelopa Kruz bilan uchrashib yuradi. Britaniya-eronlik navbatdagi aktrisa Nazanin Boniadi bilan munosabatlari ham uzoq davom etmaydi.

    2005-yilda Tom Kruz aktrisa Keti Holms bilan uchrashishni boshlaydi, 2006-yilda esa er-xotinning Suri ismli qizi tug‘iladi, ammo Holms 2012-yilda ajrashish uchun ariza beradi. 2015-yilda aktyor yana uylanmoqchi ekani haqida xabar tarqaladi — bu safar shaxsiy yordamchisi Emili Tomasga. Ammo 2017-yilda matbuot Tom Kruz va uning “Uddalab bo‘lmas topshiriq 6” filmidagi hamkasbi Vanessa Kirbi o‘rtasidagi ishqiy munosabatlar haqida e’lon qiladi.

    Rossiyalik ayol bilan romantikasi

    2023-yilda 61 yoshli Tom Kruz 36 yoshli rossiyalik ayol — “Yagona Rossiya” partiyasining sobiq deputati Rinat Xayrovning qizi Elsina bilan ishqiy munosabatda bo‘lganlikda gumon qilingan. Bu haqda Daily Mail yozgandi. OAV xabarlariga ko‘ra, juftlik Grosvenor xiyobonidagi ziyofatda tanishgan. 2024-yil fevral oyida Kruz Xayrova bilan munosabatlarini rasman e’lon qiladi. Shunday qilib, juftlik birgalikda xayriya tashkilotini qo‘llab-quvvatlash uchun tantanali ziyofatda ishtirok etadi. Bu besh yulduzli Raffle mehmonxonasida bo‘lib o‘tadi. Ammo tez orada, Sun gazetasiga ko‘ra, Gollivud aktyori Xayrova bilan ajrashadi. Nashr suhbatdoshining ta’kidlashicha, Tom va Elsina o‘rtasidagi munosabatlar “shunchaki tugagan”.

    06.07.2024, 09:21   Izoh (0)   12518
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Mashhur filmlardagi bosh rolga kasting topshirgan bo‘lsa-da, yovuz qahramon obraziga tasdiqlangan aktyorlar

    05.07.2024, 14:07

    Film suratga olishda o‘zining kiyimlari, uy hayvonlari va hatto uylaridan foydalangan Gollivud yulduzlari

    04.07.2024, 13:40

    Hind eri o‘g‘lini o‘g‘irlab ketgan, kavkazlik eri tansoqchi yollagan, uchinchi nikohi haqida ko‘p narsa ma’lum emas: xonanda Sogdiana hozir qanday yashaydi?

    05.07.2024, 11:53

    Kattalar va bolalar uchun birdek manzur bo‘ladigan yozgi filmlar (treyler)

    05.07.2024, 19:39

    Styuardessalar maslahati: bu ishlarni samolyotda hech qachon qilmang

    05.07.2024, 18:44

    Kinotavsiya: har bir dizi muxlisi ko‘rishi kerak bo‘lgan 10 ta turk seriali

    05.07.2024, 17:47
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  

     

    Tavsiya etamiz

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Sirdaryoda 892 mln so‘mlik noqonuniy zargarlik savdosi fosh etildi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 22:22

    Superliga. “OKMK” Muborakda “Mashʼal”ni mag‘lub etdi

    Sport | 5 iyul, 22:20

    Isroil Eronning beshta harbiy obyektga zarba berganini yashirgani aniqlandi

    Dunyo | 5 iyul, 22:05

    BMT ishchi guruhi Gulnora Karimova ordersiz hibsga olingani haqida xulosa chiqardi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 21:44

    Toshkentda iyun oyida tilanchilik bilan shug‘ullangan 70 kishiga nisbatan maʼmuriy qamoq jazosi tayinlangan

    O‘zbekiston | 5 iyul, 20:28

    Makron Starmerdan Falastinni davlat sifatida tan olishni talab qilmoqda — Telegraph

    Dunyo | 5 iyul, 19:50

    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi

    Reklama | 5 iyul, 19:30

    Tramp Eronni uran boyitish ishlarini davom ettirayotganlikda aybladi

    Dunyo | 5 iyul, 19:05

    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!

    Reklama | 5 iyul, 18:48
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.