“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Erik ten Hag klub bilan shartnomasini 2026-yilgacha uzaytirdi, deya xabar bermoqda jamoa matbuot xizmati rasmiy saytida.
Avvalroq “Manchester Yunayted“ ten Hagni jamoa bosh murabbiyi sifatida qoldirishga qaror qilgani ma’lum bo‘lgandi.
54 yoshli gollandiyalik murabbiy 2022-yildan buyon jamoani boshqarib kelmoqda. APLning so‘nggi mavsumi yakuniga ko‘ra, “Manchester Yunayted” 38 o‘yinda 60 ochko jamg‘arib, sakkizinchi o‘rinni egalladi va finalda “Manchester Siti”ni mag‘lub etib (2:1) jamoasi bilan Angliya kubogini qo‘lga kiritdi. Bu klubga kelasi mavsumda Yevropa ligasida ishtirok etish imkonini beradi.
Yangi kelishuv 2026-yilning yoziga qadar amal qiladi. Ser Jimmi Retklif boshchiligidagi rahbariyat mavsum so‘ngida Angliya kubogi qo‘lga kiritilganidan so‘ng shunday qarorga kelgan.
Izoh (0)