Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanida bir paytning o‘zida 17 nafar mas’ul mansabdor shaxslarga nisbatan 57 mln 800 ming so‘m miqdorida ma’muriy ish qo‘zg‘atildi.
Xabar berilishicha, Kattaqo‘rg‘on tuman inspeksiyasi davlat inspektorlari tomonidan tumanida kuzatuv nazorat tadbirlari olib borilgan. Tadbirlar davomida tumandagi korxona va tashkilotlar tomonidan kuz va bahor mavsumida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ekilgan daraxt ko‘chatlarini o‘z vaqtida sug‘orish va agrotexnik tadbirlarini olib bormaganlik oqibatida bir necha hududlarda daraxt va butasimonlar qurib qolgani aniqlandi.
Shu boisdan e’tiborsizligi va daraxtlarni suvsizlik hamda kasallanishiga qarshi o‘z vaqtida agrotexnik tadbirlarni olib bormagani sababli bir paytning o‘zida tumandagi 17 nafar mas’ul mansabdor shaxslarga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 79-moddasi 3-qismiga binoan 57 ml 800 ming so‘m miqdorida ma’muriy ish qo‘zg‘atilib, tegishli hujjatlar tuman prokuraturasiga taqdim etilgan.
Izoh (0)