O‘zbekistonda notarial idoraga bormasdan amalga oshiriladigan notarial harakat turlari ko‘paydi. Bu haqda Adliya vazirining matbuot kotibi xabar berdi.
Qayd etilishicha, endilikda:
- er va xotinning umumiy mol-mulkni, shu jumladan, ko‘chmas mulkni tasarruf etish bo‘yicha bitim tuzish uchun xotin (er)ning rozilik arizasini;
- avtomototransport vositasini tasarruf etish (sotish, hadya, qilish, ayirboshlash, garovga qo‘yish va boshqa turdagi tasarruf qilish) ishonchnomasini;
- hujjatlarning bir tildan boshqa tilga to‘g‘ri tarjima qilinganligini shahodatlashni videokonferensiya orqali (onlayn) notarial rasmiylashtirish mumkin.
“E-notarius.uz” axborot portali orqali notarial harakatlarni dunyoning istalgan joyidan turib turib rasmiylashtirsa bo‘ladi.
May o‘rtalarida prezident farmoniga muvofiq, Adliya vazirligi tomonidan Personallashtirish agentligining maʼlumotlar bazasida jismoniy shaxsni uning yuz qiyofasidan (Face ID) identifikatsiya qilish tizimi joriy etilishi to‘g‘risida xabar berilgandi.
Izoh (0)