Niderlandiyaning “Vitess” jamoasi litsenziyasidan mahrum bo‘ldi.
Bu haqida klub dushanba kuni ogohlantirilgan.
Qayd etilishicha, bank hisobi, buxgalter-auditorning yo‘qligi va budjet balansini ta’minlay olmaslik “Vitess”ning 2024/25-yilgi mavsum uchun litsenziyasini uzaytirishiga imkon qoldirmagan. Busiz klub Niderlandiya professional ligasi turnirlarida ishtirok eta olmaydi.
Klub qaror ustidan shikoyat qilish uchun besh ish kuni vaqti bor.
Avvalroq Niderlandiya qirollik futbol ittifoqi klub aksiyalarini rossiyalik xo‘jayin Valeriy Oifdan litsenziyani yo‘qotmaslik uchun Vitesse voor Altijd fondiga o‘tkazishni ma’qullagani aytilgandi. “Vitess” bunga rozi edi, biroq klubning eng yirik kreditori Koli Perri bilan kelishuvga erishib bo‘lmagan.
O‘tgan mavsum yakunlariga ko‘ra litsenziya talablarini buzgani uchun 18 ochkodan mahrum bo‘lgan “Vitess” so‘nggi o‘rinni egallab, Eredevizidan tushib ketgandi.
Izoh (0)