Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga asosan Muhiddin Kalonov Navoiy davlat pedagogika instituti rektori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar berdi.
Shu munosabat bilan Bahodir Sobirov egallab turgan lavozimidan ozod etilgan.
Muhiddin Kalonov iqtisodiyot fanlari doktori, professor. Tayinlovga qadar u “O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va masalalari” ilmiy-tadqiqot markazi direktori – Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti prorektori lavozimida faoliyat yuritgan.
Avvalroq Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Nodirbek Sayfullayev O‘zbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti rektori lavozimiga tayinlangan edi. Aprel oyida esa Komiljon Karimov Toshkentdagi Xalqaro Vestminster universiteti rektori etib tayinlangandi.
Izoh (0)