Surxondaryo viloyatida yashovchi 18 yoshli B.D. ichki ishlar organlariga murojaat qilib, bank kartasidan jami 1 mln 257 ming so‘m miqdoridagi pul mablag‘lari nomaʼlum shaxs tomonidan firibgarlik yo‘li bilan o‘zlashtirilganligini maʼlum qilgan. Bu haqda Kiberxavfsizlik markazi xabar berdi.
Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘linmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Qoraqalpog‘iston Respublikasida yashovchi J.A. sodir etganligi aniqlangan.
Unga ko‘ra, gumonlanuvchi J.A., jabrlanuvchi B.D. bilan Telegram orqali tanishib, unga kriptovalyuta (notkoin) sotishini aytib uni aldab, oldindan 1 mlr 257 ming so‘m pullarni o‘zining foydalanuvida bo‘lgan plastik kartaga o‘tkazib olgan va pullarni o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborganligi maʼlum bo‘ldi.
Mazkur holat yuzasidan J.A.ga nisbatan JKning 168-moddasi (Firibgarlik) 3-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Izoh (0)