O‘zbekistonda maktabni to‘liq tamomlay olmagan besh mingdan ziyod fuqaroning o‘rta ta’lim olish huquqi ta’minlandi, deb xabar bermoqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi.
Unga ko‘ra, turli sabablarga ko‘ra o‘z vaqtida umumiy o‘rta ta’lim olish imkoniyatiga ega bo‘lmagan, ya’ni maktabni to‘liq tamomlay olmagan fuqarolarga eksternat tartibida yakuniy davlat attestatsiyalarini topshirish tizimi yaratilgan. Joriy yilda eksternat tartibida yakuniy davlat attestatsiyalarini topshirish uchun 8038 nafar fuqaro murojaat etgan.
Eksternat tartibida yakuniy davlat attestatsiyalardan muvaffaqiyatli o‘tgan 611 nafar fuqaroga 9 yillik tayanch o‘rta ta’lim to‘g‘risida shahodatnoma hamda 4689 nafar fuqaroga 11-sinf hajmida umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risida shahodatnomalar berildi.
Izoh (0)