• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston Toshkent sh.

    “Ko‘cha” sudini yoritayotgan “Daryo” jurnalisti IIBga chaqirildi

    O‘zbekistonda “qonundagi o‘g‘ri — Baxti Tashkentskiy” maqomini olgan Baxtiyor Qudratullayev va 36 nafar ayblanuvchi bo‘yicha boshlangan sud majlisini yoritib borayotgan “Daryo” jurnalisti IIBga chaqirildi. “Ko‘cha” sudiga raislik qilayotgan sudya Tolibjon Obidov jurnalist ustidan shikoyat qilgani aytilmoqda. 

    Foto: “Daryo”

    Bugun, 2024-yilning 22-iyun kuni Yunusobod tuman IIO FMB 3-sonli IIB 405-sonli tayanch punktiga chaqirilgan jurnalistdan tushuntirish xati olingan. 

    Jurnalist bilan muloqot qilgan profilaktika katta inspektori, podpolkovnik Xayrulla Do‘stov unga 2024-yilning 3-iyun kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudi binosidagi ochiq sudda yangragan ma’lumotni saytda yoritgani uchun gumonlanuvchi sanalayotganini bildirgan. Shu sabab JIB Shayxontohur tuman sudi raisi Tolibjon Obidov tomonidan taqdimnoma kiritilganini aytgan. Ammo gumonlanuvchi sifatida IIBga chaqirilgan jurnalist shikoyat nusxasi bilan tanishtirilmagan. 

    Foto: “Daryo”

    “Xo‘sh, nima ayb qildim? Qaysi ishim xato?”, degan savolni bergan jurnalist profilaktika inspektoridan “O‘sha kungi sudda video olib, uni ijtimoiy tarmoqlarda tarqatganingiz uchun”, degan javobni bergan. Shuningdek, IIB xodimlari jurnalist olib chiqqan ma’lumot xorijiy OAVda chiqib ketganini aytgan. 

    “Daryo” jurnalisti Otabek Qo‘ldoshev 2024-yilning 3-iyun kuni Oliy sud axborot xizmati rahbari Aziz Abidov tomonidan ochiq sud deyilgan sudda qatnashib, sudya savollariga javob bergan Baxtiyor Qudratullayevning qamoqdan chiqqanidan so‘ng, davlat tashkiloti vakillari unga aloqaga chiqib, mamlakatda yoshlar, sportchilar orasida pichoqbozlik ko‘payib ketayotgani uchun “ko‘cha”ni tartibga solishni so‘raganini aytganini yozgandi. Tahririyat bu gaplarning isboti sifatida sud jarayonida tasvirga olingan videoni ham e’lon qilgandi.
     
    IIB xodimining bildirishicha, sudya o‘z shikoyatida 3-iyun kuni bo‘lib o‘tgan sud majlisida OAV vakillariga murojaat qilib, sud tergoviga xalal beruvchi ma’lumotlarni ochiqlash mumkin emasligi haqida ogohlantirgan. 

    “Daryo” jurnalistining qo‘shimcha qilishicha, haqiqatan ham o‘sha sudda sud tergoviga xalal beruvchi ma’lumotlarni ochiqlash mumkin emasligi ta’kidlangan. Biroq sudya sud tergoviga xalal beruvchi ma’lumotlar aynan nimalardan iboratligiga aniqlik kiritmagan. Shuningdek, sudya yordamchilari yana bir jurnalist “Uznews.uz” muxbirini sud majlisiga ham olib kirib, sudya bilan yuzlashtirgan. Sudya Tolibjon Obidov jurnalistga sudda ko‘rsatma bergan jabrlanuvchining yuzini ko‘rsatgani, gaplarini ommaga oshkor qilgani uchun ogohlantirgan. Bu haqda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdimnoma kiritilishini aytgan. Sudya yordamchilari esa barcha OAV vakillarini zaldan chiqarib, ularning telefonini tekshirmoqchiligini aytgan. Jumladan, “Daryo” jurnalistining ham. Jurnalist bunga asos talab qilgan. Shundan so‘ng sudya yordamchilari telefonni titish fikridan qaytgan hamda jurnalistlardan jabrlanuvchilar va guvohlarning ko‘rsatmalarini yoritmaslikni talab qilgan.

    Ular jurnalistlarning “Sudlanuvchilarning gaplarini bersak bo‘ladimi”, degan savoliga esa bunga qarshilik yo‘qligini aytishgan. Shundan so‘ng “Daryo”da mazkur sud majlisidagi sudlanuvchilarning ko‘rsatmalaridan iborat bir nechta xabarlar e’lon qilingan. Sudya huquqni muhofaza qiluvchi organlarga shikoyat qilayotganda saytning boshqa materiallariga e’tiroz qilmagan. Saytdagi xabarda Baxtiyor Qudratullayevning ism-sharifi ochiqlangani sud tergoviga xalal berganmi yoki uning aytgan gaplarimi degan savol tug‘iladi.  Biroq javobi aniq emas, holbuki Baxtiyor Qudratullayevning ism-sharifi ochiqlanishi, rasmining ommaga e’lon qilinishi bilan bog‘liq holatlar nafaqat “Daryo”da, barcha saytlarda, shuningdek, Oliy sud va IIV axborot xizmatlari bergan xabarlarda ham uchraydi. 

    Darvoqe, “Baxti Tashkentskiy” maqomini olgan Baxtiyor Qudratullayev va 36 nafar ayblanuvchi bo‘yicha boshlangan sudning 2024-yil 10-iyun kuni davom etgan majlisida jurnalistlarning video hamda audioma’lumotlar olishiga chek qo‘yildi. Bu haqda sud raisining ajrimi ham chiqarildi. Sudyalar oliy kengashi axborot xizmati bu holatni izohlab, sudning mazkur ajrimi sud majlisida jurnalist va blogerlarning ishtirokini uzil-kesil taqiqlamasligini, ular jarayonni bevosita kuzatishi, o‘zlari uchun zarur qaydlar qilib borishi hamda turli bashorat va taxminlarga berilmagan holda axborotlar e’lon qilishi mumkinligini yozib chiqdi. Shunday bo‘lsa-da, aksariyat jurnalistlar bu kabi taqiqlardan so‘ng mazkur sud jarayonida qatnashishdan bosh torta boshladi. Aynan “Daryo” jurnalisti ham. 

    2024-yilning 21-iyun kuni esa “Daryo” jurnalistini dabdurustdan IIB xodimi izlay boshladi. Vaholanki, bu xabar “Daryo” internet nashrida e’lon qilingan va bu xabarning egasi to‘g‘ridan to‘g‘ri sayt hisoblanadi — aynan bir nafar jurnalist emas. 22-iyun kuni esa jurnalist IIBga chaqirilib, ustidan yozilgan shikoyat arizasi bilan tanishtirilmagan holda tushuntirish xati yozdirib olindi.

    Prezident Shavkat Mirziyoyev jurnalistlar haqida gapirar ekan “Men haqiqat va adolatni o‘z e’tiqodi deb biladigan barcha jurnalistlarni, islohotlarning faol ishtirokchilari deb bilaman va ular hamisha prezident himoyasida bo‘ladi”, deya OAV vakillarini e’tirof etib, jurnalistlar bilan suhbatlashganda kuch olaman, deb turgan paytda sudyalarning ochiq sud majlislarida qatnashib, jamoatchilikka muhim bo‘lgan sud ishlarini yoritgan jurnalistlarga bunday munosabatda bo‘lishi qanchalik to‘g‘ri? Shuni yoddan chiqarmaslik kerakki, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida ham shuningdek, “Axborot olish kafolatlari va erkinligi to‘g‘risida”gi qonunlarda ham OAV vakillarining erkin axborot olishi va tarqatishi kafolatlangan.

    22.06.2024, 22:07   Izoh (0)   18861
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentda qizchaga akasi sovg‘a qilgan marvarid o‘g‘irlangan bo‘lib chiqdi 

    22.06.2024, 21:30

    O‘zbekistonda maktabni to‘liq tamomlay olmagan besh mingdan ziyod fuqaroning o‘rta ta’lim olish huquqi ta’minlandi 

    22.06.2024, 21:15

    Surxondaryoda 17 yoshli qiz bedarak yo‘qoldi 

    22.06.2024, 20:35

    O‘zbekistonda o‘tgan besh oyda qancha qurilish ishlari bajarilgani ochiqlandi 

    22.06.2024, 20:20

    O‘zbekistonda raqamli kriminalistika sohasida ilmiy-tadqiqot faoliyati tashkil etiladi 

    22.06.2024, 19:35

    Sudyalar oliy kengashi tarkibiga yangi sudyalar saylandi

    22.06.2024, 17:35
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi

     

    Tavsiya etamiz

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Andijonda 811 ta holatda jamoat joylarida tig‘li buyumlar olib yurgan fuqarolar aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 00:05

    Buxoroda ikki yilda bir marta xalqaro sanʼat biyennalesi o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:50

    “Ishlamasa, ana katta ko‘cha” — Erkinjon Turdimov Sirdaryoda boqimandalar ko‘payib ketganini aytdi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:41

    Ruminiya ittifoqchilarga harbiy bazalarini ochishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 22 avgust, 23:35

    Venesuela AQSH bilan urushga tayyorlanyapti

    Dunyo | 22 avgust, 23:25

    O‘zbekiston real ish haqi oshishi bo‘yicha qo‘shni davlatlardan ortda qolmoqda — hisobot

    Iqtisodiyot | 22 avgust, 23:15

    Xitoyda o‘tkaziladigan SHHT sammitiga 20 dan ortiq davlat rahbarlari tashrif buyuradi

    Dunyo | 22 avgust, 23:05

    AQSH Federal qidiruv byurosi agentlari Trampning sobiq maslahatchisi Jon Boltonning uyida tintuv o‘tkazgan

    Dunyo | 22 avgust, 22:55

    Koinotda Quyosh tizimining sirlarini saqlayotgan vaqt kapsulasi topildi

    Dunyo | 22 avgust, 22:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.