“Tolibon” oliy rahbari Haybatulloh Oxundzoda undan lavozimidan ketishni so‘rashsa, bunga tayyorligini aytdi. Bu haqda xabar berdi.
Oxundzoda Qandahor viloyatidagi masjidda tegishli bayonotni bergan. U 23 daqiqalik ma’ruzasida afg‘onlarga musulmonlik mas’uliyatini eslatib, bir necha bor birdamlikka chaqirgan. Fuqarolar va “Tolibon” rasmiylari o‘rtasidagi kelishmovchiliklardan noroziligini aytgan.
“Tolibon” yetakchisiga ko‘ra, uni hokimiyatdan chetlatish bo‘yicha birdamlik va kelishuv mavjud bo‘lsa, uni chetlashtirish bo‘yicha har qanday qarorni qabul qiladi.
“Bir kun kelib bir ovozdan iste’foga chiqishimni talab qilishsa, roziman, lekin bo‘linish va ajralishga qarshiman. Agar iste’foga chiqishim bilan odamlar orasiga nifoq urug‘ini sepsam, ular men haqimda umumiy fikrga ega bo‘lmay, bir-birlari bilan janjallasha boshlaydi. Men bunga qarshiman”, — dedi u.
Shuningdek, Oxundzoda afg‘onlarni birlashishga chaqirdi.
“Biz Allohga ibodat qilish uchun yaratilganmiz, pul topish yoki dunyo sharafiga ega bo‘lish uchun emas. Bizning islomiy tuzumimiz Yaratganning tuzumidir va unga rioya qilishimiz lozim. Tarqoqligingizning foydasi dushmanga yetib boradi, dushman bundan foydalanadi”, — dedi u.
“Tolibon” rahbari o‘z nutqida Falastin masalasiga to‘xtalib, Isroil ustidan g‘alaba qozonishni tiladi. Oxundzodaning so‘zlariga ko‘ra, dunyoning qudratli davlatlari G‘azo sektorida ayollar va bolalarning o‘ldirilishini payqamaydi, lekin Afg‘onistonga maslahat berish mumkin, deb hisoblaydi.
“Ayollar va bolalar shahid bo‘lmoqda. Bundan keyin qanday qilib bizdan nimadir talab qila olasiz? Falastinliklarning o‘ldirilishiga hamma — kofir ham, musulmon ham ko‘z yumdi”, — degan u.
Izoh (0)