AQSH ma’muriyati hozirda ishlab chiqarilgan barcha Patriot va NASAMS havo mudofaa tizimlarini Ukrainaga topshirishga qaror qildi.
Bu haqda Oq uy Milliy xavfsizlik kengashining strategik aloqalar bo‘yicha koordinatori Jon Kirbi jurnalistlar uchun onlayn brifingda ma’lum qildi.
“Qo‘shma Shtatlar qiyin, ammo zarur qarorni qabul qildi. Endilikda boshqa mamlakatlarga jo‘natish rejalashtirilgan harbiy texnika, xususan Patriot va NASAMS Ukrainaga taqdim qilinadi”, — dedi Kirbi.
Avvalroq Jon Kirbi AQSH Ukrainaga yetkazib berayotgan qurollardan Rossiya hududidagi nishonlarga hujum qilish uchun foydalanilishiga qarshi ekanini ma’lum qilgandi.
Izoh (0)