O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekistonning Koreyadagi favqulodda va muxtor elchisi Vitaliy Vasilyevich Fen vafot etganini ma’lum qildi.
“Vitaliy Fen butun umrini Vatanimizga xizmat qilishga bag‘ishlagan atoqli davlat arbobi, sport ustasi va professional diplomat edi. U 25 yil davomida O‘zbekistonning Seuldagi diplomatik vakolatxonasini boshqardi hamda O‘zbekiston va Koreya Respublikasi o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishga ulkan hissa qo‘shdi. Uning ko‘p yillik faoliyati O‘zbekiston-Janubiy Koreya aloqalarining mustahkamlanishida o‘chmas iz qoldiradi.
Vitaliy Vasilyevich Fen “Fidokorona xizmatlari uchun” va “Mehnat shuhrati”, shuningdek, Janubiy Koreyaning “Gvangxva” ordenlari bilan taqdirlangan.
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi jamoasi marhumning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi”, — deyiladi vazirlik xabarida.
Izoh (0)