• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12704.02
    • RUB162.43
    • EUR14871.33
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +43°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Koreya bizdan ancha olisda joylashgan bo‘lsa-da, xalqlarimizning urf-odat va qadriyatlari, maʼnaviy olami va dunyoqarashi bir-biriga o‘xshashdir” — Shavkat Mirziyoyev

    Shavkat Mirziyoyev va Koreya Respublikasi prezidenti Yun Sok Yol ommaviy axborot vositalari vakillari uchun bayonot bilan chiqdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Yetakchilar ochiq va do‘stona muhitda, konstruktiv va ishonchli muloqot ruhida o‘tgan uchrashuvlar natijalarini yuqori baholadi.

    O‘zbekiston yetakchisi Koreyani jahonda jadal taraqqiy etib borayotgan mamlakatlardan biri, O‘zbekistonning vaqt sinovlaridan o‘tgan alohida strategik hamkori ekanini taʼkidladi.

    Koreya rahbarining bu galgi tashrifi davlatlarimiz o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 32 yilligi va alohida strategik sheriklikning 5 yilligiga to‘g‘ri kelayotgani qayd etildi.

    “Koreya davlati bizdan ancha olisda joylashgan bo‘lsa-da, xalqlarimizning urf-odat va qadriyatlari, maʼnaviy olami va dunyoqarashi bir-biriga o‘xshashdir. Biz yaqin do‘st sifatida oliyjanob va bag‘rikeng koreys xalqi erishayotgan katta muvaffaqiyatlardan behad quvonamiz va faxrlanamiz”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Koreya Respublikasi O‘zbekistonning yirik savdo, investitsiya va texnologik hamkorlaridan biri.

    O‘zbekiston iqtisodiyotiga kiritilgan koreys investitsiyalarining umumiy hajmi 7,5 milliard dollardan oshdi. So‘nggi yillarda o‘zaro savdo ikki barobar o‘sib, 2,5 milliard dollarni tashkil etdi.

    O‘zbekistondagi koreys sarmoyasi ishtirokidagi 726 ta korxona faoliyat ko‘rsatmoqda. Sanoat, energetika, avtomobilsozlik, kimyo, tog‘-kon, to‘qimachilik, oziq-ovqat sanoati, IT sohasi va boshqa muhim yo‘nalishlarda qo‘shma loyihalar amalga oshirilmoqda.

    O‘zbekiston rahbari koreys hamkasbi bilan muzokaralar chog‘ida o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada chuqurlashtirishning ustuvor yo‘nalishlari belgilangani, yangi reja va marralar olinganini taʼkidladi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Hamkorlikning barcha mexanizmlariga tizimli tus berish, tovar ayirboshlash hajmini oshirish, o‘zaro savdoda muvozanatni taʼminlash muhimligiga alohida eʼtibor qaratildi.

    Shu maʼnoda Iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo qo‘mita va tashqi siyosat idoralari o‘rtasida strategik muloqotning birinchi yig‘ilishi natijalari yuqori baholandi.

    O‘zbekiston rahbari Koreya prezidenti bilan birga mamlakatga katta ishbilarmonlar delegatsiyasi kelganini mamnuniyat bilan taʼkidladi.

    Bugungi biznes forumida Koreyaning 80 dan ortiq yetakchi kompaniyalari ishtirok etayotgani va 9,6 milliard dollarlik yangi loyihalar to‘plami tayyorlangani savdo-iqtisodiy hamkorlikka kuchli turtki berishiga ishonch bildirildi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Yaqin yillarga mo‘ljallab O‘zbekiston—Koreya alohida strategik sherikligining yangi yuqori texnologiyali kun tartibini shakllantirish zarurligi taʼkidlandi.

    Shu maqsadda yetakchilar O‘zbekistonda mintaqaviy yuqori texnologik xab tashkil etish bo‘yicha Strategik dasturni tayyorlashga kelishib oldi.

    O‘ta muhim mineral resurslar, yarimo‘tkazgichlar, kimyo, mashinasozlik, “aqlli” qishloq xo‘jaligi, infratuzilma va shaharsozlik, “yashil” energetika sohasidagi hamkorlik strategiyaning tayanch yo‘nalishlari sifatida belgilandi.

    O‘zbekiston rahbari koreys kompaniyalari bilan hamkorlikning ayrim ustuvor yo‘nalishlariga to‘xtalib o‘tdi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Masalan, o‘ta yupqa mis folgasi, “yashil” vodorod, ammiak, agrokimyo, yarimo‘tkazgichlar va elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha kelishuvlar mavjud. O‘zbekiston avtomobil rusumlari qatorini kengaytirish va ishlab chiqarishni ko‘paytirishdan manfaatdor. Qishloq xo‘jaligi sohasida Koreyaning “yashil” va “aqlli” texnologiyalarini transfer qilish bo‘yicha aniq kelishuvlarga erishilgan.

    Koreya kompaniyalari davlat-xususiy sheriklik asosida transport infratuzilmasini modernizatsiya qilishda ishtirok etadi.

    Davlat rahbarlari ikki mamlakat hududlari o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish muhimligini taʼkidladi.

    O‘zbekistonning anʼanaviy hamkorlari – Eksimbank, EDCF jamg‘armasi va Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) bilan sheriklikni mustahkamlashga alohida eʼtibor qaratildi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    EDCF bilan umumiy qiymati 2 milliard dollar bo‘lgan yangi ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalarni moliyalashtirish bo‘yicha bitimlar imzolangani mamnuniyat bilan qayd etildi.

    Koreyaning rivojlanish institutlari bilan samarali hamkorlikka yana bir yorqin misol – zamonaviy ko‘p tarmoqli bolalar klinikasi ishga tushirilgani. Qo‘shma universitet, kattalar shifoxonasi va onkologik klinikaga ega noyob tibbiy klaster qurilishi bo‘yicha yangi loyihalarni tezlashtirishga kelishib olindi.

    Tomonlar, shuningdek, kasbiy taʼlim va mehnat migratsiyasi, ekologiya va iqlim o‘zgarishi sohalarida hamkorlikni kengaytirishga kelishib oldilar.

    Muzokaralar chog‘ida yetakchilar mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik masalalar yuzasidan pozitsiyalar o‘xshashligini tasdiqladi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Davlatimiz rahbari kelgusi yil Seulda “Markaziy Osiyo - Koreya” formatidagi birinchi sammitni o‘tkazish taklifini maʼqulladi va Prezident Yun Sok Yolning Koreya yarimorolida tinchlik va barqarorlikni taʼminlash bo‘yicha qatʼiy qadamlarini qo‘llab-quvvatladi.

    Madaniy-gumanitar sohada tomonlar 2025-yilni “O‘zbekiston va Koreya o‘rtasidagi almashinuvlar yili” deb eʼlon qilishga kelishib oldi. Uning doirasida o‘zaro madaniyat haftaliklari, yoshlar, taʼlim, til va sport forumlari, sanʼat va hunarmandchilik ko‘rgazmalari, turizm tadbirlari o‘tkaziladi.

    Umuman, O‘zbekiston va Koreya prezidentlari zamonaviy sharoitlarda hamkorlikning yangi modelini yaratishga kelishib oldi.

    “O‘zaro munosabatlarimizda “Yuqori texnologik va innovatsion sheriklikning yangi davri” boshlanmoqda. Bugun imzolangan Alohida strategik sheriklikni yanada chuqurlashtirish va har tomonlama kengaytirish to‘g‘risidagi qo‘shma bayonot va yigirmaga yaqin boshqa hujjatlar bu ezgu niyatalrimizga xizmat qilishiga aminman”, – dedi davlatimiz rahbari.
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Barcha erishilgan kelishuvlarning to‘liq va o‘z vaqtida bajarilishini taʼminlash maqsadida keng qamrovli “yo‘l xaritasi” qabul qilinadi.

    Shuningdek, qo‘shma rejalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va tezlashtirish maqsadida davlatimiz rahbari loyihalarni nazorat qilish va ko‘maklashish bo‘yicha ko‘p bosqichli mexanizmni joriy etishni taklif qildi.

    14.06.2024, 17:10   Izoh (0)   4027
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekiston va Janubiy Koreya xavfsizlik va mudofaa sohasida yaqin aloqalarni o‘rnatadi

    14.06.2024, 13:15

    O‘zbekistonlik tibbiyot xodimlari Janubiy Koreyaning ixtisoslashtirilgan markazlarida malaka oshiradi

    14.06.2024, 14:37

    Janubiy Koreya prezidentining O‘zbekistonga tashrifi doirasida 17 ta hujjat imzolandi

    14.06.2024, 15:27

    “Havo harorati eng issiq davrga kirib boryapmiz” — iqlimshunos O‘zbekiston va dunyodagi iqlim o‘zgarishi haqida   

    14.06.2024, 16:54

    Markaziy bank dollarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini e’lon qildi

    14.06.2024, 16:10

    O‘zbekistonda shakar narxi oshishi haqidagi xabarlar rad etildi

    14.06.2024, 15:55
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz

     

    Tavsiya etamiz

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06

    Titanlar to‘qnashuvi: g‘arb burguti kuchlimi yoxud sharq ajdari?

    21 iyul, 19:50

    Favvorada cho‘milayotgan, muzqaymoqqa navbatda turgan odamlar, maysada uxlayotgan it-mushuklar — Toshkentda chilla

    21 iyul, 14:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Nega sovuq choyni ichish mumkin emas? Sizni hayron qoldiradigan xulosalar

    Maslahatlar | 23 iyul, 15:30

    Rodrigo “Real” prezidentiga o‘z noroziligini bildirgan

    Sport | 23 iyul, 15:25

    Angrenda to‘rt yigit voyaga yetmagan qizni zo‘rlaganlikda gumonlanmoqda

    O‘zbekiston | 23 iyul, 15:23

    Toshkentda inspektor 9-qavatdan o‘zini tashlab, joniga qasd qilmoqchi bo‘lgan qizni qutqardi (video)

    O‘zbekiston | 23 iyul, 15:20

    “Tolibon” hibsda saqlayotgan britaniyalik er-xotin o‘lishi mumkin

    Dunyo | 23 iyul, 15:10

    Fransiya G‘azoda ocharchilik xavfi ostida qolgan jurnalistlarini evakuatsiya qiladi

    Dunyo | 23 iyul, 14:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.