• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12559.26
    • RUB160.17
    • EUR14413.01
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘sh voqealariga 14 yil to‘ldi. Qonli fojiani kim uyushtirgan edi?

    Sovet Ittifoqi — millionlab insonlarning qurbon bo‘lishi evaziga vujudga kelgan qizil imperiya edi. Uni qon evaziga qurgan “dohiy”lar kelajakda imperiyani saqlab qolish uchun turli xalqlar yashaydigan nuqtalarda sunʼiy ravishda chegaralar belgilab, qardosh xalqlar orasida “mina”lar ekib ketishgan edi. Masalan, Farg‘ona vodiysi bu borada Markaziy Osiyodagi eng qaynoq nuqta hisoblanadi.

    2010-yil 10-iyul kuni yuqorida tilga olib o‘tilgan eng qaynoq nuqta, yaʼni Qirg‘izistonning janubida ildizi bir hisoblangan, asrlar davomida yonma-yon yashab kelgan qirg‘iz va o‘zbeklar bir-biriga qarshi qurol ko‘tardi. O‘sh voqealari degan nom bilan tarixga kirgan ushbu nizo oqibatida, rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 470 nafar inson halok bo‘lib, mingdan ziyod fuqarolar turli jarohatlar olgan. Bundan tashqari, Qirg‘izistondagi qirg‘indan qochib, O‘zbekistonga o‘tgan o‘zbeklar soni esa yuz mingdan oshgan.

    Ushbu qonli voqea sodir bo‘lganiga 14 yil bo‘ldi. Hozirgi kunga qadar O‘sh voqealari bo‘yicha bir necha bor mahalliy va xalqaro tekshiruvlar o‘tkazilgan. Biroq hamon qonli voqeaning ayrim haqiqatlari qorong‘ilik tubida berkinib yotibdi. Ushbu maqolada fojianing ayrim siyosiy detallariga to‘xtalib o‘tamiz.

    Etnik mojarolar doshqozoni

    Farg‘ona vodiysi — Markaziy Osiyodagi eng qaynoq nuqtalardan biri. Bu yerda O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston chegaralari tutashgan bo‘lib, Qirg‘izistonda Tojikistonning ikkita anklavi (anklav — bir davlatning hamma tomondan boshqa davlat hududi bilan o‘rab olingan hududi yoki hududining bir qismi — tahr.), O‘zbekistonning esa to‘rtta anklavi kirgan bo‘lsa, O‘zbekiston hududida esa Tojikiston va Qirg‘izistonning bittadan anklav hududlari mavjud.

    Aprel inqilobi

    Qirg‘iziston tarkibidagi O‘sh va Jalolobod viloyatlarida sodir bo‘lgan qonli voqealar tag ildizlari, aslida, 2010-yilda mamlakatda sodir bo‘lgan inqilobga borib taqaladi. 6-aprel kuni Bishkek shahrida namoyishlar boshlandi. Inqilob yuz berishidan oldin mamlakatda elektr energiyasi tariflarini ikki baravar oshirishgan va har bir mobil aloqa uchun 60 tiyindan undirishga qaror qilingan. Bu o‘z navbatida aholining maʼlum noroziliklariga sabab bo‘lgan.

    Picture background
    Farg‘ona vodiysining xaritasi
    Foto: triptonkosti.ru

    Siyosatshunoslar Qirg‘izistonda yuz bergan hukumat to‘ntarishi tashqi kuchlar taʼsirida amalga oshirilganini taʼkidlaydi. Masalan, ko‘plab siyosiy tahlilchilar Qirg‘izistonda yuz bergan inqilobni Rossiya amalga oshirganini va shu yo‘l bilan o‘z harbiy kontingentini mintaqaga joylashtirishni reja qilgan, degan fikrni ilgari suradi. Boisi O‘zbekiston Andijon voqealaridan keyin G‘arb bilan munosabatlari sovuqlashishga qaramasdan, rasmiy Toshkent Termiz shahridagi aviabazadan Germaniyaga Afg‘onistondagi harbiy operatsiyalardan foydalanish uchun ruxsat bergandi. Yaʼni o‘z vaqtida G‘arb bilan uzilgan aloqalar asta-sekin tiklana boshlagan edi. Bunga isobot, misol uchun, Yevropa Ittifoqi 2009-yilda O‘zbekistonga nisbatan eʼlon qilgan barcha iqtisodiy va siyosiy sanksiyalarni butunlay bekor qilgan.

    Aprel oyida yuz bergan inqilob natijasida Qurbonbek Bakiyev boshliq hukumat iqtidordan ag‘darildi. Hokimiyatdan ag‘darilgan Qirg‘iziston prezidenti Belarusdan siyosiy boshpana so‘rab, mamlakatni tark etadi. Shundan so‘ng tuzilgan muvaqqat hukumatga Roza O‘tunboyeva boshchilik qiladi.

    Mojaroning boshlanishi

    2010-yilning aprel oyi boshidan Qirg‘iziston janubida etnik nizo kuchayib borayotgani alomatlari kuzatilgan. May oyida esa ikki etnik guruh vakillari, o‘zbek va qirg‘iz o‘rtasida bir necha bor to‘qnashuvlar sodir bo‘lgan. Biroq rasmiylar bunga yetarli darajada eʼtibor qaratmadi.

    Picture background
    Qirg‘izistondagi aprel namoyishlari
    Foto: russian.rt.com

    11-iyun kuni, mojaro boshlanganidan bir kun o‘tib, birinchi o‘lim haqida maʼlumot olgan O‘zbekiston hukumati qochqinlarni o‘z hududiga kiritish uchun Qirg‘iziston bilan chegarasini vaqtincha ochishga majbur bo‘ladi. 14-iyun kuni rasmiy Toshkent yana bir tomonlama chegarani yopdi va keyinroq O‘zbekiston tomon bir necha kun ichida Qirg‘izistondan 100 mingdan ortiq etnik o‘zbeklarni qabul qilgani, ularning aksariyati ayollar va bolalar bo‘lgani haqida xabar berdi.

    O‘zbekiston tomonda o‘zbeklar uchun vaqtincha chodirlar tuzilib, turar joy tashkil etilgan. Ayrim maʼlumotlarga ko‘ra, chegarani kesib o‘tish vaqtida yuz bergan tiqilinchda bir necha kishi halok bo‘lgan.

    12-iyun kuni muvaqqat hukumat rahbari Roza Otunboyeva O‘sh viloyatidagi vaziyat nazoratdan chiqib ketganini tan olib, mamlakat harbiy yordamga juda muhtoj ekanini aytib chiqdi. Bu paytga kelib mojaro ikki etnik guruh vakillari istiqomat qilgan O‘sh viloyatining deyarli barcha aholi punktlariga tarqalib bo‘lgan edi.

    Picture background
    O‘zbekiston tomonga o‘tayotgan etnik o‘zbeklar
    Foto: carposting.ru

    Mojaroda O‘zbekistonning tutgan pozitsiyasi

    Qirg‘izistonning O‘sh, Jalolobod va Botken viloyatlarida odamlar harbiy obyektlarga hujum qilib, o‘qotar qurol va o‘q-dorilarni tortib ola boshladi. Maʼlumotlarga ko‘ra, tartibsizliklar paytida harbiy qismlardan 1000 dan ortiq qurol olib chiqib ketilgan. Namoyish ishtirokchilari turar joy va maʼmuriy binolar bilan birga politsiya binolarini yoqib yuborgan. Shuningdek, ular nafaqat tinch aholi (asosan o‘zbeklar)ni, balki xavfsizlik kuchlari vakillarini ham shafqatsizlarcha o‘ldirgani qayd etilgan.

    Mojaroni uyushtirgan tashqi kuchlar darrov bunga eʼtibor qaratib, o‘rtada dallollik qilishni boshladi. O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida og‘ir vaziyat yuzaga keldi. Chunki Qirg‘izistonda qarindosh va millatdoshlari qirg‘inga uchrayotganidan xabar topgan ko‘plab o‘zbekistonliklar qizishib, qo‘shni mamlakatga o‘tishi aniq edi. Bu esa ikki mamlakat o‘rtasida alal-oqibat katta to‘qnashuvga olib kelishi mumkin edi.

    Ro‘za Otunboyeva intervyularining birida 2010-yilda yuz bergan qonli voqealarni xotirlab, O‘zbekiston birinchi prezidenti Islom Karimovning bu vaziyatda tutgan siyosatini tilga olib, shunday degan edi:

    “Men Islom Karimov bilan turli sammitlarda ko‘p uchrashganman. Ayniqsa, 2005—2010-yillarda Qirg‘iziston va O‘zbekiston uchun og‘ir va xavfli vaqtlarda tez-tez uchrashib turdik. Prezident Karimovning qarorlari biz uchun juda muhim, hatto hal qiluvchi ahamiyatga ega edi. 2010-yil 11-iyun kuni Islom Karimov bilan gaplashdim, u chegarani yopaman, hech kimni kiritmayman, dedi. Chunki O‘zbekistonda qarindoshlariga yordam berishni istagan vatanparvarlar ko‘p edi. Agar ular Qirg‘izistonga borishsa, biz allaqachon Qirg‘iziston va O‘zbekiston o‘rtasidagi urush haqida gapirgan bo‘lardik. Islom Karimov buni his qildi va to‘g‘ri qaror qabul qildi. Sababi ularning orasida banditlar, nazoratsiz guruhlar bo‘lishi mumkin edi. Lekin u bunday mojaroning oldini olishga muvaffaq bo‘ldi. Islom Karimov Qirg‘izistonning o‘sha vaziyatdan chiqishi uchun sharoit yaratib berdi desam, adashmayman”.
    Picture background
    Foto: anna-news.info

    Kollektiv xavfsizlik shartnomasi (KXSHT) kuchlari Qirg‘izistondagi tartibsizlikni to‘xtatish uchun favqulodda kiritildi. O‘sha vaqtda Rossiya boshliq bu tashkilotga Qirg‘iziston ham, O‘zbekiston ham aʼzo edi. 2012-yilda O‘zbekiston KXSHT harbiy tashkilotida faoliyatini to‘xtatdi va tashkilot aʼzoligidan chiqdi.

    O‘sh voqealari ustida olib borilgan tergovlar

    Mojaro faqat bir hafta o‘tgach barham topdi. 16-iyun Qirg‘izistonda motam kuni deb eʼlon qilindi. 22-iyun kuni O‘zbekiston hukumati qochib o‘tgan o‘zbeklarni Qirg‘izistonga qaytarishni boshladi. Keyinchalik BMT jami 400 mingga yaqin odam mojaro tufayli uylarini tashlab ketishga majbur bo‘lganini, ularning ko‘pchiligi keyinroq o‘z vataniga qaytib kelganini maʼlum qildi.

    Shu vaqtga qadar iyun voqealari yuzasidan bir qancha xalqaro guruhlar tuzilgan. Qirg‘iziston rasmiylari faqatgina Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YXHT) hisobotiga javob berdi. Guruh ekspertlari O‘shdagi tartibsizliklar chog‘ida genotsid yoki harbiy jinoyatlar sodir etilganiga oid to‘g‘ridan to‘g‘ri dalillarni topa olmagan, ammo ular insoniyatga qarshi jinoyatlar alomatlariga ishora qilgan. Biroq Qirg‘iziston parlamenti bu hisobotni biryoqlama va Qirg‘izistonga qarshi hisobot deb tan oldi. Shundan keyin Qirg‘iziston YXHT rahbari Kimmo Kilyunenni mamlakatda persona non grata (nomatlub shaxs — Wikipedia) deb eʼlon qilindi.

    Picture background
    Foto: rferl.org

    Rasmiy maʼlumotlarga ko‘ra, O‘sh va uning atrofidagi tartibsizliklar chog‘ida 470 kishi halok bo‘lgan. Qirg‘iziston ekspertlaridan iborat milliy komissiya millatlararo mojaroning qo‘zg‘atuvchisi va faol ishtirokchilari sifatida o‘ta millatchilar, uyushgan jinoiy guruhlar aʼzolari, sobiq prezident Qurmanbek Bakiyev tarafdorlari va tashqi kuchlarni ko‘rsatdi. O‘sh voqealari natijasida o‘ta og‘ir jinoyatlar bo‘yicha besh yarim mingga yaqin jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lsa-da, ularning yarmidan ko‘pi shu kungacha ochilmagan…

    Muallifdan: maqoladan maqsad — bugungi kunda mustahkam aloqalarni o‘rnatishda bardavom bo‘layotgan, qardosh davlatlar O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida bitib ketgan og‘riqli yarani tirnash emas, balki bu qardosh xalqlar orasiga nizo solib, ularni ayri qilmoqchi bo‘lgan baʼzi tashqi kuchlarni eslatishdan iborat. Hushyorlik hech qachon zarar qilmaydi. Zero bugun ham Markaziy Osiyo mamlakatlarining birlashuvidan ko‘ra, ularning ayro bo‘lishidan manfaatdor tashqi kuchlar mavjudligicha qolmoqda.

    Sardor Ali

    12.06.2024, 19:05   Izoh (0)   46976
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    1990-yilgi O‘sh fojiasi qanday yuz bergan edi?

    25.04.2019, 13:27

    Atambayev 2010-yilgi O‘sh voqealari bo‘yicha sudga tez yordam mashinasida olib kelindi (video)

    01.12.2022, 16:44

    Sadir Japarov O‘sh voqealari bo‘yicha sudga chaqirildi

    01.12.2022, 17:38

    Qirg‘izistonning O‘sh viloyatida o‘q-dorilar va portlovchi moddalar bo‘lgan ombor topildi (video)

    02.06.2023, 18:49

    Toshkent viloyatida kredit mablag‘larini talon-toroj qilish holati aniqlandi

    12.06.2024, 18:10

    Jahon banki O‘zbekiston iqtisodiyoti o‘sishi bo‘yicha prognozini pasaytirdi

    12.06.2024, 17:45
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rasman: Florian Virts – “Liverpul” futbolchisi

    Sport | 20 iyun, 23:12

    “Daryo” dayjesti: 20-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 20 iyun, 23:05

    BMT yig‘ilishida Eron va Isroil vakillari o‘rtasida bahs-munozara yuzaga keldi

    Dunyo | 20 iyun, 22:50

    Samarqandda 1 kg giyohvandlik moddasini 10 ming dollarga sotayotgan shaxslar ushlandi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 22:35

    Eronning Beer-Shevaga hujumi oqibatida Microsoft ofisi vayron bo‘ldi

    Dunyo | 20 iyun, 22:25

    Putin uchinchi jahon urushi boshlanishi xavfi uni tashvishga solayotganini bildirdi (video)

    Dunyo | 20 iyun, 22:20

    Superliga. “Nasaf” mehmonda “Mashʼal”ni mag‘lub etdi

    Sport | 20 iyun, 22:15

    O‘zbekiston–Qirg‘iziston–Xitoy–Mo‘g‘uliston bo‘ylab birinchi yuk tashuvi 8 kunda yetib bordi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 22:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.