Avstriyaning Vena shahrida 10-iyun kuni O‘zbekiston energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov Xalqaro atom energiyasi agentligi (MAGATE) bosh direktori Rafael Grossi bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Unda O‘zbekistonda atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanishning barcha jihatlari bo‘yicha MAGATE bilan yaqindan hamkorlik qilinayotgani alohida taʼkidlandi.
Muloqotda shuningdek, ushbu yo‘nalishdagi hamkorlikni izchil davom ettirish masalalari muhokama qilindi.
“Xalqaro atom energiyasi agentligi mamlakatda atom energetikasini, jumladan, kichik modulli reaktorlarni joriy etish bo‘yicha o‘z rejalarini amalga oshirishida O‘zbekistonni qo‘llab-quvvatlashga tayyor. Bugun O‘zbekiston energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudovni MAGATEda ko‘rib turganimdan mamnunman”, – deb yozib qoldirdi agentlik bosh direktori Rafael Grossi X tarmog‘ida.
Izoh (0)