Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasida may oyining eng yaxshilari aniqlandi.
“So‘g‘diyona” a’zosi Lyupcho Doriyev may oyining eng yaxshi futbolchisi deb topildi. O‘yinchi o‘tgan oyda 5 o‘yinda 7 ta gol muallifiga aylandi.
Doriyevdan tashqari Dostonbek Hamdamov (“Paxtakor”), Abduvohid Ne’matov (“Nasaf”), Akmal Mozgovoy (“Nasaf”), Dragan Cheran (“Paxtakor”) hamda Ali Abdurahmonov (“OKMK”) ushbu sovrin uchun kurash olib borgan edi.
“Nasaf” bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev esa may oyining eng yaxshi murabbiyi sovrinini qo‘lga kiritdi. Qarshiliklar ustozining natijalari quyidagicha bo‘ldi: 6 o‘yin, 3 g‘alaba, 3 durang, to‘plar farqi 10:5.
Sovrin uchun Berdiyevdan tashqari Vadim Abramov (“Dinamo”), Samvel Babayan (“Navbahor”), Vitaliy Levchenko (“Neftchi”), Maksim Shatskix (“Paxtakor”) va Fevzi Davletov (“Surxon”) kabi murabbiylar nomzodi qo‘yilgan edi.
Shuningdek, “Andijon” futbolchisi Farhod Sohibjonovning “Neftchi” darvozasiga urgan goli Superligada may oyining eng yaxshisi deb topildi.
Izoh (0)