Andijon viloyatining Oltinko‘l tumanida elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan MCHJ aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “F.A.” MCHJ rahbari F.J. va boshqalar “Ko‘makay” MFY hududidagi ovqatlanish shoxobchasini hech qanday hujjatsiz tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga o‘g‘rilik yo‘li bilan ulab, jami 403,7 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh (0)