Futbol bo‘yicha Braziliya terma jamoasi xalqaro o‘rtoqlik o‘yinida Meksika ustidan 3:2 hisobida g‘alaba qozondi.
17 yoshli Endrik 96-daqiqada braziliyaliklarga g‘alaba keltiruvchi gol muallifiga aylandi.
Hozirda “Palmeyras” safida to‘p surayotgan futbolchi Braziliya terma jamoasida ketma-ket 3 o‘yinda gol urdi. Shu tariqa Endrik Pelening rekordini takrorladi. Braziliyalik afsona ham 18 yoshigacha (1957-1958-yilda) terma jamoa safida ketma-ket 3 o‘yinda darvozani ishg‘ol qilgan.
Endrik bundan oldin Angliya (1:0) va Ispaniya (3:3) terma jamoalari darvozalariga gol urgan edi. Hujumchi barcha o‘yinlarda zaxiradan maydonga tushirilgan.
Eslatib o‘tamiz, Endrikning transfer huquqi “Real”ga tegishli. Futbolchi yozda madridliklar safiga borib qo‘shiladi.
Izoh (0)