Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “Daladan jonsiz odam topildi” izohi bilan videotasvir yuzasidan Jizzax viloyati IIB ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, ushbu tasvirlarda Jizzax viloyati Forish tumani “Qorabdolota” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi A.P. aks etgan. U mahalladoshi S.R. tomonidan tosh bilan yetkazilgan jarohat oqibatida vafot etgan.
Gumonlanuvchiga nisbatan Jinoyat kodeksining 104-moddasi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) 3-qismi “d” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Bundan oldin Xorazm viloyati Shovot tumanida er xotinining boshiga 17 marta bolta bilan urib, o‘ldirib qo‘ygani, Farg‘ona viloyati Rishton tumanida erkak xotinini rashk sabab pichoqlagani, Toshkent viloyati Angren shahrida 9-sinf o‘quvchisi o‘zidan ikki yosh kichik bolani o‘ldirib qo‘ygani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Izoh (0)