Slovakiya bosh vaziri Robert Fitso 15-may kuni Gandlova shahrida bo‘lib o‘tgan hukumat yig‘ilishidan keyin sodir bo‘lgan suiqasddan so‘ng birinchi bayonot berdi. Uning videomurojaati Facebook’dagi sahifasida e’lon qilingan.
Slovakiya hukumati rahbari o‘ziga suiqasd uyushtirmoqchi bo‘lgan Yuray Sintulaga nisbatan nafrat his qilmasligini aytdi. Shuningdek, u iyul oyining boshigacha ishga qaytishni rejalashtirayotganini taʼkidladi.
“Men uchun birinchi qadamni qo‘yish vaqti keldi va bu — kechirim. Meni otgan notanish odamdan nafratlanmayman. Men unga nisbatan hech qanday qonuniy chora ko‘rmayman va hech qanday zararni undirmayman... Men uni kechiraman va nima qilganini, nima uchun qilganini o‘zi anglashiga ruxsat beraman. Oxir oqibat, u shunchaki yovuzlik va siyosiy nafratning qurboni bo‘lgani ko‘rinib turibdi”, — deya ta’kidladi bosh vazir.
“Agar hamma narsa reja bo‘yicha ketsa, iyul oyi boshida asta-sekin ishga qaytishim mumkin”, — deya qo‘shimcha qildi u.
Izoh (0)