Polsha hukumati mamlakatning asosiy davlat yangiliklar saytiga hujumlardan so‘ng kiberxavfsizlikni kuchaytirish uchun 3 milliard zlotiy (760 million dollar) sarflashni rejalashtirmoqda. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.
Hukmron koalitsiya kelasi hafta oxirida Yevropa parlamentida bo‘lib o‘tadigan saylovlarda kiberxavfsizlikni o‘zining kampaniyasining ustuvor yo‘nalishi sifatida tanlagan. Polsha raqamlashtirish vaziri Kshishtof Gavkovskiy hukumat ovoz berishdan oldin kiberxavfsizlikni yaxshilash choralarini ko‘rgani va yaqinda amalga oshirilgan hujumning oldi olinganini aytgan.
Biz kiberxavfsizlik uchun 3 milliard zlotiydan ko‘proq ajratmoqchimiz. Bugungi kunda Polsha Rossiyadan eng ko‘p hujumlarga duchor bo‘lmoqda, — deydi vazir.
Uning ta’kidlashicha, Rossiyaning maqsadi “vaziyatni beqarorlashtirish va Yevropa Ittifoqining parchalanishini qo‘llab-quvvatlovchi kuchlar foyda olishini taʼminlashdir”.
Eslatib o‘tamiz, 31-may kuni xakerlar Polsha axborot agentligi (PAP) veb-saytini buzib, safarbarlik “eʼlon qilgani” haqida xabarlar joyladi. PAP ushbu xabarlarni o‘chirib tashladi, raddiya e’lon qildi. Polsha hukumati hujum ortida Rossiya turganini ma’lum qildi.
Izoh (0)