Sirdaryo viloyati Guliston shahrida jolashgan lak-bo‘yoq mahsulotlari ishlab chiqarish omborida yong‘in sodir bo‘ldi. Holat bo‘yicha dastlabki ma’lumot berildi.
1-iyun kuni soat taxminan 21:35 larda kelib tushgan xabarga ko‘ra, voqea joyiga zaruriy yong‘in-qutqaruv avtomobillari va vositalari jalb etilgan. Holat viloyat hokimligi, FVB, IIB rahbariyati tomonidan nazoratga olingan.
Hozirda yong‘inni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda. Holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot beriladi.
Izoh (0)