“Paxtakor” akademiyasi tarbiyalanuvchisi Muhammadali O‘rinboyev faoliyatini APL ishtirokchisi “Brentford B” klubida ijara asosida olib bordi.
Uning shartnomasiga binoan futbolchi 30-iyunga qadar Angliya klubida ijara asosida faoliyat olib borishi va klub ushbu muddat tugaganidan so‘ng Muhammadalini sotib olish huquqiga ega edi.
Klub rasmiy saytida berilgan xabarga ko‘ra, “Brentford” klubi 11 kishi bilan xayrlashgan. Ular orasida o‘zbekistonlik futbolchi Muhammadali O‘rinboyev ham bor.
19 yoshli futbolchi hozirda O‘zbekistonga qaytib kelgan. “Championat.asia” saytiga bergan intervyusida futbolchi kelajagi haqida berilgan savolga “Brentford” bilan muzokaralar davom etayotganini ma’lum qilgandi.
Izoh (0)