NATO davlatlari Ukrainaga har yili 40 milliard dollarlik harbiy yordam ajratish haqidagi kelishuvga erishishga yaqin turibdi.
Bu haqda Polsha tashqi ishlar vaziri Radoslav Sikorski Pragadagi NATO tashqi ishlar vazirlarining norasmiy uchrashuvidan so‘ng ma’lum qildi.
“Uchrashuv natijasida biz Ukrainaga har yili 40 milliard dollar miqdorida harbiy yordam ajratish mexanizmini yaratishga yaqinmiz”, — dedi Sikorskiy matbuot anjumanida.
Unga ko‘ra, bu mablag‘ning yarmi AQSH hissasiga to‘g‘ri keladi, qolgan 20 milliard dollar ittifoq davlatlari o‘rtasida ularning yalpi ichki mahsulotiga mutanosib ravishda taqsimlanadi.
Avvalroq NATO Ukrainani besh yil davomida qo‘llab-quvvatlash uchun avval rejalashtirilganidek 100 milliard dollar emas, balki ikki barobar ko‘p mablag‘ ajratish variantini ko‘rib chiqayotgani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)