“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Erik ten Hag gollandiyalik mutaxassis Arne Slotning “Liverpul”ga bosh murabbiy etib tayinlanishiga munosabat bildirdi.
“Odamlar “Feyenoord” haqida juda to‘lqinlanib gapiradi. Ular bu yil barqaror o‘yin namoyish etdi, lekin eng yaxshi o‘yinni emas. “PSV” jamoadan har tomonlama ikki baravar ustun edi. To‘pga ustunlik qilish, raqibga bosim o‘tkazish, intensivlik bo‘yicha ular tengsiz.
“PSV” uzoq muddatli o‘yinlarda “Feyenoord”dan ancha yaxshi ko‘rindi”, — deya ten Hagning so‘zlarini keltiradi Mirror.
Eslatib o‘tamiz, Slot “Liverpul” bosh murabbiyi sifatida tayinlandi. U 2015-yildan buyon mersisaydliklarni boshqargan germaniyalik mutaxassis Yurgen Klopp o‘rnini egalladi. Slotning so‘nggi ish joyi Gollandiyaning “Feyenoord” jamoasi bo‘lib, u 2021-yilning iyulidan jamoani qabul qilib olgan.
Bu davrda 45 yoshli mutaxassis qo‘l ostida “Feyenoord” barcha turnirlarda 148 uchrashuv o‘tkazib, 97 marta g‘alaba qozongan. Uchrashuvlarning 27 tasida durang o‘ynagan va 24 marta mag‘lubiyatga uchragan.
Izoh (0)