O‘zbekiston Malayziya bilan kambag‘allikni qisqartirish yo‘nalishida loyihalar amalga oshiradi, deb xabar bermoqda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi.
Qayd etilishicha, ayni kunlarda Malayziya davlatida Savdo-iqtisodiy masalalar bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Unda kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri o‘rinbosari Ra’no Turdiboyeva ham ishtirok etyapti. O‘zbekistonda kambag‘allik darajasi 2021-yildagi 17 foizdan 2023-yilda 11 foizga tushdi, 2026-yil yakunigacha bu ko‘rsatkichni 7 foizga tushirish belgilab olindi.
Oxirgi yillarda ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari sezilari o‘sishga erishmoqda. Kambag‘allikni qisqartirish borasida qator davlatlar bilan birga Malayziya tajribalari ham o‘rganilmoqda.
Tadbirda O‘zbekiston va Malayziya o‘rtasidagi samarali hamkorlikni yanada kengaytirish, kambag‘allikni qisqartirish yo‘nalishda qator loyihalarni birgalikda amalga oshirishga ham kelishib olindi.
Malayziyaning kambag‘allikni qisqartirish va aholi farovonligini oshirish bo‘yicha “Madani” hamda kam ta’minlangan oilalar bilan ishlash yo‘nalishida “E-Kasix” va “Azam” dasturlari mavjud.
Izoh (0)