• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12621.29
    • RUB158.44
    • EUR14596.52
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston Toshkent sh.

    Vazirlik jim, quruvchilar sarson: “Tashabbusli byudjet” qurilishini monopoliyaga aylantirmaslik so‘ralmoqda

    Ayni kunda poytaxt ko‘chalarida, aniqrog‘i, Qurilish vazirligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi binolari o‘rtasida sarson bo‘layotgan quruvchilar mas’ullar adolatidan umid qilmoqda. Bu haqda quruvchilar dardiga quloq tutgan “Daryo” jurnalisti xabar berdi. 

    Quruvchilarning aytishicha, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2023-yilning 29-dekabr kuni imzolanib, 2024-yilning 1-yanvaridan kuchga kirgan qaror ularning faoliyatida monopoliya rivojlanishiga sabab bo‘lmoqda. 

    Foto: “Daryo”
    Foto: “Daryo”

    Tushuntirilishicha, mazkur qaror ilovasining 38-bandiga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 31-yanvardagi 46-sonli qarori bilan tasdiqlangan qurilish sohasida pudrat tashkilotlarni belgilash bo‘yicha elektron davlat xaridlarini tashkil etish va amalga oshirish to‘g‘risidagi nizomning 35-bandidagi o‘n uchinchi xat boshi “Bunda mazkur foiz chegirmani qo‘llash amaliyoti ‘Tashabbusli byudjet’ jarayonida g‘olib deb topilgan loyihalarga tatbiq etilmaydi”, deya o‘zgartirilishi ularning umidini puchga chiqargan. 

    Foto: Skrinshot
    Bu — “Tashabbusli byudjet”dagi yo‘l qurilishlari borasida o‘yinlar boshlandi degani. Shu o‘zgartirishga ko‘ra, endilikda “Tashabbusli byudjet”da o‘ynaladigan yo‘l qurilishlari, jumladan, mahallalarning ichki yo‘llari ta’mirini yutib olish mumkin bo‘lgan tenderda ball ayirish sistemasi to‘xtatib qo‘yildi. Shu sabab biz e’tirozimiz bilan vazirlikka kelganmiz. Ishimizni 2023-yildagi shaffof platformada ishlash tartibiga qaytarib berishsa, xursand bo‘lar edik. Ana shunda erkin raqobat bo‘lardi. Ayni kunda raqobat muhiti buzilgan. Bitta viloyatdagi barcha yo‘l qurilishlarini bitta quruvchi yutib olish imkoniyatiga ega. Ilgari ushbu tenderda qatnashib, birorta qurilish obyektini yutib olgan quruvchidan o‘sha qurilishi tugatilmagan bo‘lsa, ball ayrilardi. Bu esa bali yuqori quruvchiga bir vaqtda yuzlab obyektlar berilishining oldini olardi. Hozirgi ball chegirib qolmaslik talabi esa monopoliyani qo‘llab-quvvatlayapti, — deydi Jizzax viloyatida faoliyat yurituvchi “Zamonaviy qurilish-servis” xususiy korxonasi rahbari Jamshid G‘oziyev. 
    Jamshid G‘oziyev. 
    Foto: “Daryo”

    Quruvchining aytishicha, bunday tartib yo‘lga qo‘yilganiga ko‘p bo‘lmagan. Biroq tezda natijasini ko‘rsatmoqda.

    Bu tashabbus Moliya vazirligidan chiqqanini aytishmoqda. Qolaversa, qaror nizomida foizli chegirma deb ketilgan. Bunda ball nazarda tutilganmi yoki pulmi — aniqlik kiritilmagan. Qurilish vazirligi esa buni ball deb, eski tartibni bekor qilib, quruvchi obyekt qurilishini tugatmagan bo‘lsa-da, undan ball olib tashlanishini bekor qildi. Shu sabab kuni kecha Namanganda bo‘lib o‘tgan tender savdosida bitta quruvchi savdoga chiqarilgan 8 ta obyektning barchasini yutib olgan. Bu hali boshlanishi. Qolgan viloyatlarda ham tez orada xuddi shunday holat kuzatiladi. Ilgari bitta obyektni yutib olib, uning qurilishini sifatli yakunlab, topshirmagunimizcha, ballimiz qaytarilmasdi. Kimda necha ball bo‘lsa, shunga yarasha, ya’ni imkoniyatiga yarasha qurilish qilar edi. Hozir ball chegirib qolinmagani sabab, bali yuqori bo‘lgan quruvchi yuzlab obyekt qurilishini qo‘lga kiritmoqda. Uni qachon bitkazadi bunisi noma’lum. Qolaversa, bitta quruvchi juda katta imkoniyatga ega bo‘lsa-da, bir vaqtda yuzlab obyektda qurilish olib borishi ishining sifatiga ta’sir qiladi, — deydi quruvchi. 
    Foto: “Daryo”

    Kecha, 27-may kuni Qurilish vazirligida bo‘lgan quruvchilar mas’ullar bilan uchrashishga harakat qilgan. Biroq aynan vazir yoki uning o‘rinbosarlari bilan ko‘risha olmagan. 

    Toshkentga, aynan vazirliklarga juma kunidan boshlab kela boshladik. Barcha viloyatlardan yig‘ilayotgan quruvchilar hozircha qurilish vaziri bilan uchrashishdan umidvor. Shanba va yakshanba kunlari ham kelishgan, — deydi Qashqadaryo viloyatidan kelgan quruvchi O‘ral Ravshanov.
    O‘ral Ravshanov.
    Foto: “Daryo”

    “Daryo” jurnalisti bilan suhbatda bo‘lgan Jamshid G‘oziyevning bildirishicha, juma kunidan beri vazir qabulini kutayotgan quruvchilar seshanba, 28-may kuni ham Qurilish vazirligiga borgan. Ularni kutib olgan bo‘lim boshlig‘i holat bo‘yicha tushuntirish bergan. Shuningdek, tashabbus Moliya vazirligidan chiqqanini qo‘shimcha qilgan. 

    Foto: “Daryo”

    “Daryo” jurnalisti bilan suhbatlashgan manbaning aytishicha, Iqtisodiyot va moliya vazirligining bunday tashabbus bilan chiqishiga sabab bor.

    Foto: “Daryo”
    O‘tgan yilgi “Tashabbusli byudjet” qurilishlarida bir holat ko‘zga tashlanib qoldi. “Tashabbusli byudjet”dagi 100 million so‘mlik ishlardan quruvchilar qocha boshladi. Vazirlik loyihani e’lon qilsa-da, hech qaysi quruvchi, endigina ish boshlaganlari ham 100 million so‘m miqdoridagi qurilish ishini olmadi. Quruvchilarda ham bunga sabab bor, albatta. Quruvchi qurilish materiallari va texnikalarini o‘sha hududga olib borib, ish olib borishi xarajatining o‘zi loyihada ko‘rsatilgan summadan ko‘proqni tashkil qiladi. Natijada quruvchiga eshagidan tushovi qimmatga tushadi. Shu bois ular bunday ishlardan o‘zini olib qochdi. Moliya vazirligi esa bunga javoban, joriy yilda ham shunday holat kuzatilmasligi uchun ball chegirib qolish talabini bekor qildi. Bu endilikda quruvchilarga qimmatga tushmoqda, — deydi manba. 
    Foto: “Daryo”

    Manbaning qo‘shimcha qilishicha, bunday vaziyatda Moliya vazirligi Qurilish vazirligi mutaxassislari bilan maslahatlashib, faqatgina 100 million so‘mgacha bo‘lgan loyihalargagina, ball olib olib qolish tartibini bekor qilishi kerak edi. Shunda hech kim aziyat chekmasdi. 

    Foto: “Daryo”

    “Daryo” jurnalistining masala yuzasidan bergan savollariga javob qaytargan Qurilish vazirligi mas’uli Davron Meyliyevning ma’lumot berishicha, Moliya vazirligi bundayin tashabbusni ilgari surayotganda, Qurilish vazirligi mutaxassislari bilan maslahatlashmagan. Ular ham yangilikdan keyinchalik xabar topgan. 

    Foto: “Daryo”

    Iqtisodiyot va moliya vazirligi axborot xizmatining Malika, shuningdek Rushana ismli mas’ullari jurnalist savolini tinglar ekan, tez orada vaziyatga izoh berilishini aytdi. Mutaxassislar bilan bog‘lanishayotganini qo‘shimcha qilishdi. Biroq muammo keltirib chiqargan vazirlik baribir holatga izoh bermadi. Tashabbus boisini ochiqlamadi. Jurnalist savollari javobsiz qoldi. 

    Foto: “Daryo”

    Jizzax viloyatida faoliyat yurituvchi qurilish korxonasi rahbari Olim Qarshanovning bildirishicha, holat shunday davom etsa u tez orada korxonasida faoliyat yuritayotgan 25 nafarga yaqin ishchisini ishdan bo‘shatib, faoliyatini tugatishiga to‘g‘ri keladi.

    Olim Qarshanov.
    Foto: “Daryo”

    Qashqadaryolik Jumaqul Bekjanov ham 2023-yildagi shaffof tender qaytarilmasa, faoliyatini to‘xtatishini, 20 nafar ishchisini ishdan bo‘shatishga majbur bo‘lishini bildirdi.

    Jumaqul Bekjanov.
    Foto: “Daryo”

    Yana bir suhbatdosh-quruvchi Kamoliddin Rahimjonovning aytishicha, u 2023-yildagi tenderlarda 10 ga yaqin obyekt yutib olib, ishlarni sifatli, o‘z vaqtida bajargan. Daromadlari evaziga esa qurilish ishlarida lozim bo‘ladigan yangi texnikalarni kredit evaziga xarid qilgan. Holat shu tarzda davom etsa, u nafaqat korxonasini yopadi. Kreditlari evaziga qarzdor ham bo‘lib qoladi. 

    Foto: “Daryo”
    Buxoroda 27-may kuni savdosi yakunlangan obyektlarga ko‘z yugurtirsangiz, barchasini Buxoro yo‘llardan muntazam foydalanish unitar korxonasi yutib olgan. Oltita obyektga ham shu tashkilot ega chiqqan. Bundan keyingi kunlarda davom etadigan savdoda ham barcha obyektlar katta ehtimol bilan shu tashkilot tomonidan yutib olinadi, — deydi Kamoliddin Rahimjonov.
    Foto: “Daryo”

    Nafaqat OAV jurnalistlarida, poytaxtda ikki vazirlik o‘rtasida koptok bo‘layotgan quruvchilarda ham savollar bisyor. Ammo bunga aniq javob beradigan, yechim topadigan tayinli vazirlik, mard mas’ul yo‘q. Hamma o‘zini olib qochmoqda. Unda muammo qanday yechiladi?

    28.05.2024, 18:51   Izoh (0)   6484
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda Markaziy Osiyodagi eng yirik tematik park barpo etiladi

    28.05.2024, 18:49

    Sinf rahbari ogohlantirilmagan: Toshkentdagi maktabda remontga pul yig‘ilayotgani yuzasidan izoh berildi 

    28.05.2024, 18:25

    Toshkent metrosi uchun iyunda yangi vagonlar olib kelinadi

    28.05.2024, 18:11

    O‘zbekistonda savdo sohasidagi korxonalar 4 oyda qancha soliq to‘lagani ochiqlandi 

    28.05.2024, 17:32

    O‘zbekistonlik migrantlarga Germaniyaga viza olish yengillashishi mumkin

    28.05.2024, 17:10
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi

     

    Tavsiya etamiz

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Isroil bosh vaziri G‘azo sektorini to‘liq bosib olishga buyruq berdi

    Dunyo | 5 avgust, 13:42

    Oyoq va qo‘llar muzlashi nimadan darak beradi? Kardiolog ogohlantiradi

    Salomatlik | 5 avgust, 13:33

    Neymar: “Tarixdagi eng yaxshi yarim himoyachi — Andres Inyesta”

    Sport | 5 avgust, 13:32

    Shavkat Mirziyoyev Turkmanistonning “Hamkorlikni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun” ordeni bilan mukofotlandi

    O‘zbekiston | 5 avgust, 13:14

    Londonda 10 mln dollarlik Samsung telefonlari o‘g‘irlab ketildi

    Dunyo | 5 avgust, 13:10

    O‘zbekistonda “yashil” elektr energiyasi ishlab chiqarish bo‘yicha oylik rekord yangilandi

    O‘zbekiston | 5 avgust, 12:56

    Rossiya armiyasi Xarkovdagi vokzalga hujum qildi (video)

    Dunyo | 5 avgust, 12:39

    Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo davlatlari rahbari maslahat uchrashuviga tayyorgarlikka doir maxsus tadbirda qatnashdi

    O‘zbekiston | 5 avgust, 12:31

    “Aeroportda yolg‘iz”: Ispaniyada ota-ona 10 yoshli o‘g‘lini aeroportda qoldirib ketdi

    Dunyo | 5 avgust, 12:27
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.