Ukraina va Portugaliya 2024-yilda Lissabon tomonidan Kiyevga jami 126 million yevro miqdorida harbiy yordam ajratishni nazarda tutuvchi xavfsizlik shartnomasini imzoladi.
Bu haqda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy ofisi saytida ma’lum qilingan.
“Lissabonda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy va Portugaliya bosh vaziri Luis Montenegru xavfsizlik sohasida hamkorlik bo‘yicha ikki tomonlama shartnoma imzoladi. Portugaliya bu yil Ukrainaga kamida 126 million yevro miqdorida harbiy yordam ajratadi”, — deyiladi xabarda.
Aniqlik kiritilishicha, Lissabon F-16 qiruvchilarining xalqaro koalitsiyasida, dengiz koalitsiyasida, shuningdek, Kiyev uchun yirik kalibrli o‘q-dorilar xarid qilish dasturlarida hamda Ukraina hududini minalardan tozalash harakatlarida ishtirok etishini tasdiqlagan.
Ukraina rahbari kelishuv 10 yilga mo‘ljallanganligini ta’kidladi.
Izoh (0)