“Barselona” bilan shartnoma imzolashi kutilayotgan germaniyalik murabbiy Hans-Diter Flik nisbatan past maoshga rozi bo‘ldi, deb xabar beradi AS.
Ma’lumot uchun, OAV kataloniyaliklarning mutaxassis bilan shartnomasi 2026-yilgacha mo‘ljallangani haqida xabar bergan edi.
Manbaga ko‘ra, Flikning “Barselona”dagi maoshi taxminan 3 million yevroni tashkil qiladi. Shuningdek, germaniyalik mutaxassis bilan shartnomada klub chempionlik unvonini qo‘lga kiritgan taqdirda yuqori bonusga ega chiqadi.
Nemis murabbiyi Chempionlar Ligasida g‘olib chiqsa, maoshiga qo‘shimcha 1 million yevro, La Ligada g‘alaba qozonsa, 750 ming yevro qo‘shilishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Flik 2019-yildan 2021-yilgacha “Bavariya” bosh murabbiyi sifatida ishlagan. Bu davrda nemis grandi uning boshchiligida Chempionlar Ligasi, Yevropa Superkubogi, Germaniya kubogi va ikki marta Germaniya chempionatida g‘olib chiqdi. Flikning so‘nggi ish joyi Germaniya terma jamoasi bo‘lib, u 2021-yildan 2023-yilgacha murabbiylik qilgan.
Izoh (0)