Papua Yangi Gvineyadagi chekka qishloqda uch yuzdan ortiq odam va 1 100 ga yaqin uy ko‘chki ostida qoldi, deb xabar bermoqda Reuters agentligi mahalliy OAVga tayanib.
“Ko‘chki qurbonlari soni yana ortishi mumkin”, — dedi mahalliy deputat Aymos Akem Papua New Guinea Post Courier nashriga bergan intervyusida.
Avstraliya teleradiokompaniyasining xabar qilishicha, hozircha faqat to‘rt kishining jasadi topilgan. Voqea joyiga favqulodda xizmatlar yetib kelib, qutqaruv ishlarini olib bormoqda.
Ko‘chki mahalliy avtomagistralni to‘sib qo‘ygani sababli qidiruv ishlari murakkablashdi, qutqaruvchilar voqea joyiga faqat vertolyotda yetib borishi mumkin.
Izoh (0)