Aleksandra Luntovskaya, bitiruvchi: Maktabdagi eng sevimli fanlarim adabiyot, biologiya, informatika edi. Oʻqituvchilarimizdagi samimiylik, mehr-oqibat, tushunish kabi xususiyatlarni juda hurmat qilaman. Kelgusida rejalarim juda koʻp. Shulardan biri oʻzimga qahvaxona ochish, uni butkul oʻz dizaynerlik qarashlarim va xohishlarim asosida boshqarish. Uka-singillarimizga aytar gaplarim shuki, hech qachon taslim boʻlishmasin, odamlardan ranjishmasin, oldinga intilishsin, odamlarning gaplaridan faqat oʻzlariga kerakli jihatlarnigina olishsin, hissiyotlariga tayanishsin.
Aleksandra, bitiruvchi: Maktabdagi eng sevimli fanlarim sifatida informatika, adabiyot va biologiya fanlarini yoqtirar edim. Ushbu fanlar nafaqat qiziqarli ekanligi, balki oʻqituvchilarimizning mahorati sabab ham qalbimdan joy egallagan. Ayniqsa Olga Aleksandrovnaga boʻlgan hurmatim cheksiz. Oʻqituvchilarimizdagi tushunish hissi, yordamga shaylik, qoʻllab-quvvatlash, kabi xususiyatlarni qadrlayman. Kelgusida oʻzimni har tomonlama rivojlantirish, koʻp sayohat qilish, fotograf boʻlib dunyo kezishni orzu qilaman. Ayni shu sabablidir fransuz tili filologiyasi boʻyicha oʻqishni davom ettirmoqchiman. Uka-singillarimizga tilaklarim shuki, oʻzlariga ishonishsin, maqsadlari tomon hech kimni tinglamasdan olgʻa borishsin. Shunda hammasiga erishishadi.