• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.48
    • RUB159.75
    • EUR14871.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston Sirdaryo Toshkent viloyati

    Yashil yo‘lak tashkil etildi, 100 nafar bojxonachi chegara-postlarga safarbar qilindi: Bojxona qo‘mitasi yuk avtomobili haydovchilari e’tirozidan xulosa chiqardi

    Telegram messenjeridagi kanallarda “Sirdaryo”, “Yallama” va “Najimov” chegara-bojxona postlarining O‘zbekiston bilan chegaradosh tomonida tirbandliklar mavjudligi, ichi to‘la meva bo‘lgan furalar ikki kundan beri chiqarilmayotgani haqida xabarlar tarqalgandi. Shundan so‘ng Bojxona qo‘mitasi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chegara-bojxona postlarida navbatsiz rasmiylashtirish yo‘lga qo‘yilganini ma’lum qildi. Bu holatga qiziqish bildirgan OAV vakillari uchun press-tur tashkil etib, jarayon haqida ma’lumot berdi. 

    Bojxona qo‘mitasining bo‘lim boshlig‘i Elyor Hakimovning ma’lumot berishicha, chegara-bojxona postlaridagi tirbandliklar haqiqatan mavjud bo‘lib, aynan tarmoqlarda tarqalgan videolardan so‘ng buning oldini olish choralari ko‘rilgan. 

    Foto: “Daryo”
    Har yili odatda shunaqa holatlar kuzatiladi. Shu bois bojxona organlari tomonidan buning oldini olish choralari ko‘riladi. Biz bugun jurnalistlarga joriy mavsumda nima qilingani haqida ma’lumot bermoqchimiz, — deydi tarmoqlarda tarqalgan holatni tasdiqlagan mas’ul. 
    Foto: “Daryo”

    Bildirilishicha, O‘zbekistondagi mavjud eng katta chegara-bojxona postlaridan biri bo‘lmish “Yallama”da import uchun 6 ta, eksport uchun 5 ta yo‘lak tashkil etilgan. 

    Foto: “Daryo”
    Odatiy vaqtlarda “Yallama” chegara-bojxona postidan kuniga 400-500 ta yuk avtomobili harakatlangan bo‘lsa, pishiqchilik paytida bu ko‘rsatkich 1000-1500 taga chiqadi. Shu sabab joriy mavsumda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari uchun “yashil” yo‘lak tashkil etildi. Alohida tezkor shtab tuzilib, chegara-bojxona postlariga 100 nafar xodimdan iborat qo‘shimcha kuch safarbar etildi, — deydi qo‘mita bo‘limi boshlig‘i. 
    Foto: “Daryo”

    Ta’kidlanishicha, ayni kunda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ortilgan yuk avtomobillari postlarda tashkil etilgan yashil yo‘laklar orqali chegaradan tez va oson, shuningdek qisqa fursatlarda chiqib ketishga muvaffaq bo‘lmoqda. 

    Foto: “Daryo”
    Postning ichkarisida avtotransportlar harakatini tartibga keltirib, ayniydigan oziq-ovqat mahsulotlari ortilgan yuk avtomobillarini navbatsiz o‘tkazib yuborish judayam oson. Bu bojxona xodimlari tomonidan amalga oshiriladi. Biroq postgacha bo‘lgan hududda haydovchilarning barchasi ham buni to‘g‘ri tushunmaydi. Deylik, boshqa yuk ortilgan yuk avtomobili haydovchisi o‘zidan keyin kelgan, ayniydigan oziq-ovqat mahsulotlari ortilgan yuk avtomobilini o‘tkazishga qarshilik qilishi mumkin. Shunday paytlarda bojxona organlari tomonidan tashkil etilgan yangi tizim ish bermoqda. Ya’ni ayniydigan mahsulotlar ortilgan yuk avtomobillariga alohida belgilar o‘rnatilib, ular navbatsiz o‘tishi mumkinligi haqida e’lonlar berilmoqda. Qolaversa, YPX xodimlari va bojxona inspektorlari tomonidan haydovchilarga to‘g‘ri tushuntirishlar berilib, shunday mahsulotlar ortilgan yuk avtomobillarini kuzatuv asosida navbatlarsiz o‘tkazib yuborishmoqda, — deydi mas’ul.
    Foto: “Daryo”

    Qo‘mita vakilining jurnalistlarga ma’lumot berishicha, joriy mavsumda eksportga chiqarilayotgan oziq-ovqat mahsulotlari o‘tgan yilning mos davriga nisbatan solishtirilganida 20 foizga ortgan. 

    Foto: “Daryo”
    Ayni kunda ob-havoning qulay kelishi ham tadbirkorlarga qo‘l kelmoqda. Ular shu paytdan foydalanib, asosan piyoz, gilos kabi tez ayniydigan mahsulotlarini xorijlik xaridorlarga yetkazib berishga harakat qilmoqda, — deydi u.
    Foto: “Daryo”

    Bojxona qo‘mitasi axborot xizmati rahbari Husan Tangriyevning OAV vakillariga bildirishicha, prezident Shavkat Mirziyoyev mas’ullarga 2024-yilda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportidan tushayotgan daromadni 3,5 milliard dollarga yetkazish bo‘yicha topshiriq bergan. 

    Foto: “Daryo”
    2023-yilda bu raqam 2 milliard dollar bo‘lganini inobatga olsak, demak bu yil oldimizga juda katta marra qo‘yilgan. Tabiiyki, bunga erishish oson emas. 2017-yildan keyingi tendensiyani kuzatadigan bo‘lsak, yildan-yilga faqatgina 2020-yildagi pandemiya davrini hisobga olmaganda tashqi savdo yuklari ortilgan transport vositalari soni sezilarli darajada oshib borayotganini ko‘rish mumkin. Bu raqamlar qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti davriga kelganda yanada oshadi. Bu jarayon bojxonada tezkor chora-tadbirlar ko‘rishni taqozo etadi, — deydi Bojxona qo‘mitasi axborot xizmati rahbari Husan Tangriyev.
    Foto: “Daryo”

    OAV vakillari bilan suhbatda bo‘lgan yuk avtomobillari haydovchilari Davron Eshmurodov hamda Salim Burxonov ayni kundagi imkoniyatlar ularning ishini yengillashtirib, og‘irini yengil qilayotganini aytmoqda. 

    Foto: “Daryo”
    Bugun 15-20 daqiqada postga yetib kelib, ishlarimni bitkazib, chiqib ketishga tayyor bo‘lib turibman. Postgacha bo‘lgan hududda haydovchilar ham vaziyatni to‘g‘ri tushunib, bizga yo‘l berishmoqda. Piyoz ortilgan mashinam bilan qiynalmasdan, ishlarimni tez bitiryapman. Bojxona xodimlari ham xushmuomala bo‘lib, ishimizni tez bitirishmoqda, — deydi haydovchilar. 
    Foto: “Daryo”

    Aniqlashtirilishicha, “Yallama” postidan yuk chiqarayotgan haydovchi Salim Burxonov 23 tonna piyoz ortilgan yuk mashinasida yuk ortilgan manzildan chiqib, chegaradan chiqib ketguncha 5 soat vaqt sarflagan. 

    Foto: “Daryo”
    Ilgari xuddi shunday yukni ortib, manzilga tashlab kelguncha 20-22 kun vaqtimiz ketar edi. Bojxona postlarida 4-5 kunlab qolib ketardik. Bugun yukni ortib, chegara-bojxona postidan chiqquncha 5 soat vaqt yetarli bo‘ldi. Biz bundan xursandmiz, — deydi yuk avtomobili haydovchisi Salim Burxonov. 
    Foto: “Daryo”

    Qo‘shimcha qilinishicha, ayni kunda “Sirdaryo” va “Najimov” chegara-bojxona postlarida, shuningdek o‘zbekistonlik mas’ullar taklifiga binoan Qozog‘istondagi aynan shu chegara-postlari bilan yonma-yon joylashgan postlarda ham qurilish ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Tez orada mazkur hududlarda ham yetarli darajadagi shart-sharoitlar yaratiladi.

    24.05.2024, 22:05   Izoh (0)   10135
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Bojxona postida ichi to‘la meva bo‘lgan furalar 2 kundan beri chiqarilmayotgani aytilgan xabarga izoh berildi 

    18.05.2024, 21:56

    O‘zbekistonga chegara-bojxona posti orqali noqonuniy olib kirilayotgan qurol to‘xtatib qolindi

    20.05.2024, 19:55

    O‘zbekistonda tez buziladigan meva-sabzavotlar uchun bojxonada alohida yo‘laklar tashkil etiladi

    22.05.2024, 16:55

    O‘zJOKUning 6 yilligi munosabati bilan tantanali tadbir tashkil etildi

    24.05.2024, 21:50

    Andijonda o‘zboshimchalik bilan tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan novvoyxona aniqlandi

    24.05.2024, 21:45

    Toshkentda metro vagonlaridan birining eshigi ochilmay qoldi

    24.05.2024, 21:35
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashining uch mulozimi ishdan olindi

    O‘zbekiston | 25 iyul, 23:40

    “Manchester Siti” sobiq futbolchisini ortga qaytaradi — Romano

    Sport | 25 iyul, 22:50

    Davlat oliygohlari uchun kvotalar tasdiqlandi

    O‘zbekiston | 25 iyul, 22:39

    “Amerikaliklarning 53 foizi Epshteyn ishi Tramp tufayli e’lon qilinmayapti deb hisoblaydi” — so‘rovnoma

    Dunyo | 25 iyul, 22:15

    “Kanada Falastin davlatining BMTda tan olinishiga intilmoqda” — Mark Karni

    Dunyo | 25 iyul, 21:53

    ESPN. Dunyoning eng yaxshi bokschilari reytingi yangilandi

    Sport | 25 iyul, 21:45

    Braziliya AQSHni prezidentga qarshi to‘ntarish tayyorlashda gumon qilmoqda

    Dunyo | 25 iyul, 21:27

    Moskvada 50 yoshli nogironni o‘ldirgan o‘zbekistonlik migrantga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

    Dunyo | 25 iyul, 20:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.