“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Erik ten Hag Angliya kubogi finalida “Manchester Siti”ga qarshi o‘yindan so‘ng iste’foga chiqariladi. Bu haqda The Guardian xabar bermoqda.
Ma’lumot uchun, o‘yin 25-may kuni bo‘lib o‘tadi. Kubokning amaldagi sohibi Pep Gvardiola jamoasi hisoblanadi.
Manbaga ko‘ra, “Manchester Siti” ustidan kubokdagi g‘alaba ham ten Hagni ishdan bo‘shatishdan qutqarib qololmaydi.
Avvalroq OAVda “qizil iblislar” Garet Sautgeyt, Grem Potter, Ruben Amorim, Tomas Tuxel, Maurisio Pochettino, Kiran Makkenna va Tomas Frank nomzodlarini ko‘rib chiqayotgani xabar qilingandi.
Gollandiyalik mutaxassis manchesterliklarni 2022-yilning iyulidan buyon boshqarib kelmoqda. APLning joriy mavsumi yakuniga ko‘ra, “Manchester Yunayted” 60 ochko jamg‘arib, sakkizinchi o‘rinni egalladi. Bu “qizil iblislar” uchun Premyer Ligada so‘nggi 34 yildagi eng yomon natija hisoblanadi.
Izoh (0)