Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 24-mayda amalda bo‘ladigan qiymatini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, dollar 11,84 so‘mga pastlab, 12 712,88 so‘m bo‘ldi. Yevro 10,30 so‘mga tushib, 13 788,39 so‘m bo‘ldi. Rubl 0,23 so‘mga pastlab, 140,85 so‘mni tashkil etdi.
Bundan avval dollar kursi uch kunlik pastlashdan so‘ng ketma-ket ikki kun ko‘tarilib, 12 724,72 so‘m bo‘lgandi. Rubl ham oshib, yevro pastlagandi.
Izoh (0)