O‘zbekistonlik hakam Ilgiz Tantashev Osiyo Chempionlar Ligasi o‘yinini boshqaradi.
![](/static/2024/05/23/photo_2024-05-23_21-42-22-DEgsgD48.jpg)
Tantashev “Al-Ayn” va “Yokogama Marinos” jamoalari o‘rtasidagi javob finalini boshqarib boradi.
Ushbu bahs 25-may kuni “Hazza bin Zayd” stadionida (Al-Ayn) bo‘lib o‘tadi.
Jamoalar o‘rtasidagi birinchi uchrashuv 2:1 hisobida yapon klubi foydasiga hal bo‘lgan edi.