• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.48
    • RUB159.75
    • EUR14871.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo Markaziy Osiyo

    AQSHning Markaziy Osiyodagi siyosati: maqsad va yondashuvlar

    Buyuk derjavalar qarama-qarshiligi davrida G‘arb davlatlari Markaziy Osiyoga asosan o‘zlarining tizimli raqobatchilari — Rossiya va Xitoy uchun potensial muammolar manbai sifatida qaramoqda. Rossiya Ukrainaga hujum boshlagan 2022-yil fevralidan so‘ng G‘arb, birinchi navbatda, Amerika siyosatining bu xususiyati o‘zini yanada yaqqol namoyon qila boshladi. AQSHning Markaziy Osiyodagi siyosati borasida Tomsk davlat universitetining jahon siyosati kafedrasi professori Yevgeniy Troitskiy o‘zining hisobotini taqdim etdi.

    Foto: Federal Flags

    AQSHning Markaziy Osiyodagi siyosatining asosiy maqsadlari

    Bayden administratsiyasi hokimiyatga kelganidan beri AQSHning mintaqa mamlakatlariga nisbatan siyosatida keskin o‘zgarishlar kuzatilmadi. Xususan, Amerikaning Markaziy Osiyodagi siyosati bo‘yicha dasturiy hujjati yangilanmagan. 

    Mintaqa AQSH Milliy xavfsizlik strategiyasining so‘nggi nashrida tilga olingan bo‘lib, unda demokratik yo‘nalishni saqlab qolish, mintaqaviy integratsiya va mintaqa davlatlarining energiya xavfsizligini taʼminlash zarurligi haqida so‘z boradi.

    “Bayden davrida mintaqadagi siyosatning Rossiyaga qarshi yo‘nalishi yanada aniqroq belgilandi. Tramp davrida esa AQSHning asosiy maqsadi Xitoy edi”.

    Masalan, AQSH davlat kotibi Pompeoning 2020-yil Qozog‘iston va O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida asosan Xitoyga qarshi ritorika yangragan bo‘lsa, amaldagi davlat kotibi Blinkenning 2023-yilgi tashrifi chog‘ida Rossiyaga qarshi bayonotlar ko‘proq bo‘ldi.

    Amerikaning Markaziy Osiyodagi siyosati odatda ikkita asosiy maqsadga erishishga qaratilgan, deb yozmoqda Troitskiy.

    1. Mintaqadagi mamlakatlarni Rossiya va Xitoy ishtirokisiz integratsiyaga jalb qilish va bu orqali asosiy raqobatchilari mavqeyini zaiflashtirish.
    2. Amerikaparast kuchlarning siyosiy muhitda, shuningdek, madaniy-ma’rifiy sohalarda mavqeyini mustahkamlash.

    Ko‘p tomonlama yondashuv

    AQSH va Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi hamkorlikning asosiy ko‘p tomonlama formati C5+1 bo‘lib qolmoqda. Ushbu format 2015-yildan beri amalda bo‘lib, 2022-yilda o‘tkazilgan forum doirasida uchta ishchi guruhi: iqtisodiyot, energetika va atrof-muhitni muhofaza qilish, shuningdek, xavfsizlikni muvofiqlashtiruvchi kotibiyat tuzildi.

    Foto: Foreign Policy

    Bayden administratsiyasi mintaqaviy tashabbuslarni ham faol ilgari surmoqda. Markaziy Osiyo uchun “Iqtisodiy barqarorlik tashabbusi”ning asosiy maqsadlaridan biri Rossiyani chetlab o‘tuvchi savdo yo‘llarini kengaytirish edi.

    2023-yildagi C5+1 vazirlar yig‘ilishidan so‘ng yo‘lga qo‘yilgan mintaqaviy xavfsizlik tashabbusi Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun sanksiyalarning kutilmagan oqibatlarini yumshatishga qaratilgan.

    Boshqa ko‘p tomonlama tashabbuslar qatoriga Savdo va investitsiyalar bo‘yicha asosli kelishuv (2004-yildan beri mavjud), har yili o‘tkaziladigan “Mintaqaviy hamkorlik” qo‘shma harbiy mashqlari va AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligining (USAID) individual tashabbuslari kiradi. 

    Xususan, USAID mintaqada yagona elektr energiyasi bozorini yaratish tashabbusini ilgari surmoqda.

    AQSHning Qozog‘istonga nisbatan siyosati

    AQSH ko‘p tomonlama tashabbuslarga qaramay, mintaqada ko‘proq ikki tomonlama yondashuvni qo‘llaydi. Qozog‘iston o‘zining geografik xususiyatlariga ko‘ra (u Rossiya va Xitoy bilan chegaradosh, shuningdek, resurslarga boy) AQSH siyosatining mintaqadagi eng ustuvor yo‘nalishi bo‘lib qolmoqda.

    Foto: Akorda

    Aynan shu davlatda Amerika biznesi mintaqadagi boshqa mamlakatlarga nisbatan eng kuchli mavqega ega va Qozog‘istondagi islohotlar jarayoni tashqi ta’sir imkoniyatlarini kengaytirmoqda.

    “Amerikaning Qozog‘istonga nisbatan diplomatiyasi qamchi (salbiy) va pryanik (ijobiy) usuliga o‘xshaydi”, — deydi Troitskiy.

    Bir tomondan, AQSH Rossiya kompaniyalarining respublikadagi xususiylashtirish jarayonlarida ishtirok etishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun Qozog‘istonga “qattiq bosim” o‘tkazmoqda. Boshqa tomondan, AQSH hozirgi islohotlar kursini ochiq qo‘llab-quvvatlaydi, muntazam ravishda Qozog‘iston tovarlarining (shu jumladan, sanoat mahsulotlari) o‘z bozoriga kirishini kengaytirish niyatini bildiradi.

    Mamlakatlar o‘rtasidagi ta’lim sohasidagi hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarilmoqda. 2022-yilda mintaqa uchun misli ko‘rilmagan voqea yuz berdi — Shimoliy Qozog‘iston universiteti Arizona universitetiga ishonchli boshqaruvga berildi. Ushbu universitetdagi faoliyat Amerika standartlari asosida olib boriladi.

    Shu bilan birga, Vashington Qozog‘iston yaqinroq munosabatlarga ega bo‘lgan Rossiya va Xitoy kabi yirik qo‘shnilar manfaatlarini hisobga olishga majbur. Bu omil AQSHni cheklaydi va ehtiyotkorlik bilan harakat qilishga majbur qiladi.

    AQSHning O‘zbekistonga nisbatan siyosati

    Qo‘shma Shtatlarning mintaqadagi birdek muhim hamkori O‘zbekistondir. O‘zbekiston mintaqada eng ko‘p aholiga ega. Qozog‘istondan farqli o‘laroq, mamlakat KXSHT yoki YOII a’zosi hisoblanmaydi, Xitoy va Rossiya bilan chegaradosh emas.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Munosabatlarning murakkab tarixiga qaramay, 2001–2005-yillarda AQSH va O‘zbekiston yaqin hamkorlik davriga ega edi.

    Amerika tahlil markazlari ko‘pincha O‘zbekistonni mintaqada kelajakdagi koalitsiyaning o‘zagi sifatida ko‘radi, go‘yoki Rossiyani tiyib turishi lozim. Misol uchun, xuddi shunday ssenariy Heritage materialida ko‘rib chiqilgan.

    AQSH O‘zbekistonda investitsion faolligini bosqichma-bosqich oshirib bormoqda; hamkorlik asosan energiya resurslari (gaz, uran va neft), farmatsevtika kabi sohalarda rivojlanmoqda. Tomonlar harbiy-texnik sohada, shuningdek, harbiy ta’lim sohasida ham aloqalarni kengaytirmoqda.

    Mamlakatlar o‘rtasida ta’lim sohasidagi hamkorlik ham faol rivojlanmoqda. Tomonlar mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha, jumladan, jurnalistika va davlat boshqaruvi kabi sohalarda qo‘shma o‘quv dasturlarini ishlab chiqmoqda.

    AQSHning Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmanistonga nisbatan siyosati

    Qirg‘izistonda nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyati bo‘yicha an‘anaviy tarzda ancha liberal rejim mavjud, bu respublikani Qo‘shma Shtatlar uchun ham, xususan Amerika gumanitar tashkilotlari uchun ham jozibador qiladi. Vashington va yuqoridagi tashkilotlar respublikadagi ta’lim jarayoni va gumanitar faoliyatda faol ishtirok etmoqda. Ikki tomonlama munosabatlarning asosiy muammosi — hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni yangilash muammosi bo‘lib qolmoqda.

    Foto: Depositphotos

    Amerikaning Tojikistonga nisbatan siyosati 2021-yilda qo‘shinlari Afg‘onistondan olib chiqilishi bilan keskin kuchaydi. Tojikiston “Tolibon” hokimiyatga kelishi masalasida qo‘shnilariga nisbatan butunlay boshqacha pozitsiyani egalladi. 

    Ta’kidlanishicha, Tojikiston dastlab Afg‘oniston milliy qarshilik frontiga yordam ko‘rsatgan, shundan so‘ng tomonlar harbiy hamkorlikni sezilarli darajada oshirgan. Biroq mamlakatlar o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni yaqin deb bo‘lmaydi.

    Turkmaniston asta-sekin Amerikaning mintaqadagi siyosatida chekkada qolishni to‘xtatmoqda. 2022-yildan beri o‘zaro aloqalar tez o‘sdi. AQSH Turkmanistonni tabiiy resurslar eksportini oshirish orqali Rossiyaga qarshi sanksiyalardan foyda ko‘rishiga ishontirmoqchi.

    Turkmaniston yaqinlashuvga rozi bo‘lib, transafg‘on gaz quvuri uchun Osiyo taraqqiyot banki (AQSH OTBning asosiy aksiyadorlaridan biri) tomonidan moliyalashtiriladigan mablag‘ berilishiga umid qilmoqda. Respublika, shuningdek, Amerika ta’lim dasturlari va ayrim notijorat tashkilotlarning (asosan atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha) faoliyatiga ruxsat berdi.

    Foto: AQSH davlat departamenti

    AQSH Markaziy Osiyoga birinchi navbatda Rossiya va Xitoyni tiyib turish vositasi sifatida qarashda davom etmoqda. 2022-yildan keyin mintaqada Amerika siyosatining faolligi oshdi. Ko‘p tomonlama tashabbuslarni ilgari surish bo‘yicha sa’y-harakatlarga qaramay, Qo‘shma Shtatlar mintaqa davlatlari bilan munosabatlarda birinchi navbatda ikki tomonlama yondashuvga tayanadi.

    Shu bilan birga, Vashingtonning mintaqa davlatlari bilan iqtisodiy aloqalari nisbatan zaifligicha qolmoqda. AQSH uchun yana bir muammo Afg‘onistondan qo‘shinlarni olib chiqib ketish bo‘ldi, bu Vashingtonni ishonchli hamkor sifatida qabul qilishga imkon bermaydi.

    “Qo‘shma Shtatlar o‘z ta’sirini keskin qadamlarsiz, o‘rta muddatli istiqbolga qaratib, asta-sekin oshirish bo‘yicha hozirgi yo‘nalishini saqlab qoladi”, — deydi Troitskiy.

    Ikkilamchi sanksiyalar tahdidlari, katta ehtimol bilan, real emas, shu bilan birga, AQSH alohida ramziy cheklovchi choralarni ko‘rishi mumkinligini inkor etib bo‘lmaydi.

    Vashingtonning elitaning yangi vakillarini tarbiyalash uchun ta’lim jarayoniga ta’sir o‘tkazishga urinishlari, shuningdek, amerikaliklarning mavjud elita bilan ishlashi, ayniqsa, diqqatga sazovordir, — deya xulosa qildi professor.
    23.05.2024, 18:10   Izoh (0)   9585
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekiston AQSHning “kuzatuvdagi davlatlar ro‘yxati”dan chiqarildi

    26.04.2024, 10:10

    AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasi nimadan iborat? 

    30.04.2024, 17:40

    “Qo‘shni davlatlar bilan integratsiya uchun Rossiya ta’siridan qutulish kerak” – ekspert bilan suhbat

    30.04.2024, 20:15

    Turkiya politsiyasi Interpol tomonidan xalqaro qidiruvga berilgan ikki nafar xorijlikni hibsga oldi

    23.05.2024, 17:30

    Polsha Ukrainaga uchirilgan Rossiya raketalarini urib tushirmoqchi

    23.05.2024, 17:05

    Turkiya aeroportida yo‘lovchilarni tekshirish kuchaytiriladi

    23.05.2024, 15:56
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Qatar Yevropa Ittifoqiga gaz ta’minotini to‘xtatish bilan tahdid qildi

    Dunyo | 26 iyul, 23:19

    “Qaytmas bo‘lib ketdi”. Rossiyaning yagona aviatashuvchisi sotilishi yoki utilizatsiya qilinishi mumkin

    Dunyo | 26 iyul, 23:07

    UFC on ABC 9. Abu-Dabidagi musobaqaning ilk janglarining birida o‘ziga xos natija qayd etildi

    Sport | 26 iyul, 23:06

    “Barselona” tarixidagi eng yaxshi futbolchilar reytingi tuzildi

    Sport | 26 iyul, 22:46

    Fabrika matolarga ishlatilgan suvni kanalga tashlagan — Andijondagi kanaldan nega ko‘pik oqqaniga izoh berildi

    O‘zbekiston | 26 iyul, 22:35

    AQSH Isroilni himoyalash uchun sarflagan havo mudofaa raketalarini tiklashga 1 yil va 2 mlrd dollar kerak — WSJ

    Dunyo | 26 iyul, 22:32

    Ukraina armiyasiga 23 ming zirhli transport vositasi kerak — OAV

    Dunyo | 26 iyul, 22:13

    Gaz va elektr tokini behuda sarflaganlar javobgarlikka tortiladi — Bosh prokuratura

    O‘zbekiston | 26 iyul, 22:07
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.