Iordaniya tashqi ishlar vaziri Ayman al-Safadi Ispaniya, Norvegiya va Irlandiyaning Falastin davlatini tan olish qarorini qo‘llab-quvvatladi va buni tinchlik yo‘lidagi muhim qadam deb atadi.
U X ijtimoiy tarmog‘ida bu haqda fikr bildirdi.
“Iordaniya Yevropa davlatlarining qarorini qadrlaydi va Isroilning noqonuniy harakatlarini qoralaydi”, — dedi Iordaniya TIV rahbari.
O‘z navbatida, Isroil milliy xavfsizlik vaziri Itamar Ben-Gvir o‘z mamlakati Falastin davlatchiligini tan olishga yo‘l qo‘ymasligini aytib, G‘azo sektorida, jumladan, anklavning Misr bilan chegarasidagi Rafah shahrida falastinliklarga qarshi harbiy hujumni kuchaytirishga chaqirdi.
Avvalroq YI diplomatiyasi rahbari Jozep Borrel may oyining oxirigacha Falastin Yevropa Ittifoqining bir qancha davlatlari tomonidan tan olinishini aytgandi.
Izoh (0)